Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Vazirlik xodimlari mehmonxonada yashashi uchun 918 mln so‘m

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Vazirlikning mehmonxonada yaşagan 84 xodimi uçun salkam 1 milliard söm tölandi

Davlat xaridlari böyiça oçiqlangan maʼlumotga köra, Investitsiya va taşqi savdo vazirligining 84 nafar xodimi Toşkent şahrida joylaşgan Inter Hotel (sobiq Intercontinental) mehmonxonasida 22 sutka yaşab, uç mahal ovqatlangani hamda mehmonxona anjumanlar zalidan foydalangani uçun 918 million 677 ming 500 söm tölov amalga oşirilgan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Vazirlik va mehmonxona örtasida tuzilgan 7-aprel kungi şartnomaga qöşimça qilingan hujjatga muvofiq, har bir xodimning mehmonxonada yaşab, ovqatlanişi bir sutka uçun 515 ming sömga baholangan. Anjumanlar zalidan 22 sutka foydalaniş uçun esa 77 million 402 ming söm tölab berilgan.

Taʼkidlanişiça, uşbu şartnoma Loyiha boşqaruvi milliy agentligining tegişli xatiga asosan mehmonxona bilan töğridan töğri tuzilgan.

Vazirlik xodimlari nima uçun mehmonxonada yaşaganligi hozirça rasman maʼlum qilinmadi, lekin katta ehtimol bilan ular koronavirus çiqqanligi sababli karantinda bölişgan.

Bu hali bittagina vazirlikning aniqlangan xarajati xolos. Yana boşqa juda köplab davlat organlari ham xodimlarini xuddi şunday turli mehmonxonalarda karantinda saqlaşgan edi. Buning uçun davlat byudjetidan jami qança xarajat ketgan ekan-a, qiziq.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek