Maktablar uçun antiseptik va pirometrlar xaridlari tahlili
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0Manba:davletovuz
Karantin, maktablar va davlat xaridlari
Inqirozga qarşi jamğarmadan maktablarni masofadan harorat ölçovçi apparatlar, dozator va antiseptik vositalari bilan taʼminlaş uçun 17 mlrd söm ajratilgan. Uşbu mablağlar hisobidan hududiy xalq taʼlimi boşqarmalari mazkur xaridlarni amalga oşirmoqda.
Qaşqadaryo viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi 160 ming sömdan 613,9 mln sömlik jami 3837 ta pirometr (Buyuk Yurt Tayanchi MÇJ, korxona şu yilning 11-iyun kuni taşkil etilgan), 3,116 mlrd sömlik antiseptik vositalar (Macro wholesale trading MÇJ — 1; 2; 3;) sotib olingan. Darvoqe, Macro wholesale trading MÇJ egasi Norxöjayev Şuhrat bölib, u yuqoridagi antiseptiklarni xarid qiliş uçun tijorat takliflari bilan çiqqan yana bir korxona — “IRON PROF” MÇJning ham egasi. Yana bir tijorat taklifi bergan “ILHOM PROF” MÇJ rahbari boşqa kişi bölsa-da, korxonaning kontakt maʼlumotlari Macro wholesale trading MÇJ bilan bir xil. Şuningdek, boşqarma tomonidan 696 mln sömlik 663 mingta bir martalik maska ("Yunon pharm" MÇJ 1; 2;) xarid qilingan. Bu korxonaga hali qaytamiz.
Samarqand viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi 2355 ta masofaviy termometrni 150 ming sömdan jami 353 mln 250 ming sömga ( "BILLUR PHARM LUX" MÇJdan), 1 mlrd 926 mln sömga esa antiseptik vositalarini ("Yunon pharm" MÇJdan 1; 2;) xarid qilgan. Darvoqe, "Yunon pharm" MÇJ Qaşqadaryo viloyati xalq taʼlimi boşqarmasiga 696 mln sömlik bir martalik maska yetkazib bergan edi. Korxona 2019-yil 15-iyunda davlat röyxatidan "Beton Stroymax" sifatida ötkazilgan, 2020-yilning 14-avgustida esa "Yunon pharm" MÇJga aylangan.
Buxoro viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi 200 ming sömdan jami 732,2 mln sömga 3661 ta sensorli dozator olgan (“Buxoro Dori-Darmon” ). 800 mln sömga esa antiseptik rastvor (“Şoxröd” AJ), 150 ming sömdan jami 171 mln sömga 1141 ta pirometr olgan ("Buxoro Dori-Darmon”).
Sirdaryo viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi esa 1000 ta elektron infraqizil termometrni 184 ming sömdan jami 184 mln sömga ("FARG`ONA TIBBIYOT BUYUMLARI" MÇJ — 2020-yilning 27-iyulida oçilgan), pulverizator, maska, antiseptik, xlor vositalarini 1,1 mlrd sömga (NEW INAVATSION PHARM MÇJdan 1; 2;) xarid qilgan.
Farğona viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi 4 mingta dozatorni 202 ming sömdan jami 808 mln sömga ("Universal ishlab chiqarish majmuasi" UKdan xarid qilgan, uşbu korxonaning taʼsisçisi esa "Qonun va ijro gazetasi" MÇJ. Gazetaning sayti), 1 mlrd 199 mln sömlik antiseptik va pulverizatorni xarid qilgan ("BREND TORG LIDER" MÇJdan 1; 2; 3;)



