Test sinovlarini taşkil etiş tartibi belgilandi

Matn26-iyul, 2019, 12:452 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Test jarayonlarining taşkiliy qismiga oid ayrim xabarlar

👉 test sinovlari 29-iyul kunidan boşlanadi;

👉 abituriyentlar özi töplagan balini DTM saytidagi şaxsiy kabineti orqali ertasi kuniyoq bilişi mumkin, talaba bölgan-bölmaganini test sinovlari töliq yakunlangaç bilib oladi;

👉 test sinovlari ötkaziladigan binolarga boriş yönalişlarida yöl körsatgiçlari örnatiladi;

👉 har bir hududda test sinovlari jarayoni uçun zarur axborot, texnik, tibbiy va maişiy şaroitlar yaratiladi, xususan, abituriyentlarning hudud taşqarisidagi va içkarisidagi töplaniş joylarida soya-salqin joylar (maxsus soyabonlar, “mikroklimat” tizimi) taşkil etiladi;

👉 abituriyentlarning ota-onalari va xayrixohlari uçun salqin joylar, ötiriş örindiqlari, sanitariya va epidemiologiya markazi tomonidan ruxsat etilgan salqin içimliklar va sifatli yengil oziq-ovqat mahsulotlari savdosi taşkil etiladi;

👉 yölovçi transportning öz vaqtida va uzluksiz qatnovi taʼminlanadi;

👉 bino rahbarlari va guruh nazoratçilarining test sinovlariga belgilangan vaqtda yetib kelişlarini taʼminlaş uçun barça taşkiliy işlar (transport, yiğiliş joylarini va vaqtini belgilab oliş) amalga oşiriladi;

👉 test sinovlari ötkaziladigan hududlarda tibbiy navbatçilik taşkil etiladi;

👉 test sinovlari ötkaziladigan binolar kuzatuv kameralari va şaxsni identifikatsiyalaş vositalari bilan jihozlanadi, test sinovlarini “on-line” tarzda kuzatiş uçun abituriyentlarning ota-onalari hamda keng jamoatçilikka kutiş joylarida katta monitorlar örnatiladi;

👉 test sinovlari ötkaziladigan binolar va DTM uzluksiz elektr quvvati (zaruriyatdan kelib çiqib, UPS – zahira elektr manbani taʼminlovçi uskunalar) bilan taʼminlanadi;

👉 abituriyent qizlar uçun yetarli miqdorda maxsus tekşiruv xonalari taşkil etiladi;

👉 test sinovlari ötkazilişi belgilangan hududga bir smenadagi siğim böyiça barça abituriyentlarni 1 soat içida töliq tekşirib kiritilişi uçun nazorat xizmati postlaridagi tegişli xizmat xodimlari soni köpaytiriladi;

👉 test sinovlarining umumiy jarayoni DTM tomonidan ruxsat berilgan «Yoşlar ittifoqi» markaziy kengaşi aʼzosining kuzatuvi ostida abituriyentlarga xalaqit bermagan holda birinçi smenada 10:00-dan 10:20-gaça, ikkinçi smenada 17:00-dan 17:20-gaça bölgan vaqtlarda respublikada faoliyat yuritayotgan nufuzli internet-naşrlari (KunUz, GazetaUz, DaryoUz va h.k.) hamda xorijiy televideniye vakillari tomonidan suratga olinişiga ruxsat etiladi.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek