Şavkat Mirziyoyev tabriklar uçun minnatdorlik bildirdi
Minnatdorlik
Tavallud kunim munosabati bilan çin dildan tabriklab, samimiy qutlov va ezgu tilaklarini yöllagan davlat va hukumat rahbarlari, xorijiy siyosat va jamoat arboblari, xalqaro taşkilotlar rahbarlari, işbilarmon doiralar vakillari, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalari, turli kasb egalari bölgan barça vatandoşlarimizga çuqur minnatdorlik izhor etaman.
Mening şaʼnimga bildirilgan bu iliq tabrik va tilaklarni, avvalo, köpmillatli Özbekiston xalqi va davlatiga yuksak ehtirom ifodasi, mamlakatimizning dunyo miqyosida ortib borayotgan obrö-eʼtibori va nufuzining yana bir eʼtirofi sifatida qabul qilaman.
Fursatdan foydalanib, mehnatkaş, mard va olijanob xalqimizga çin yurakdan özimning çeksiz mehr-muhabbatimni va hurmatimni bildiraman.
Biz xalqimiz bilan birgalikda jonajon Özbekistonimiz ravnaqi va el-yurtimiz farovonligiga erişiş böyiça oldimizga qöygan ulkan va şarafli maqsadlarga albatta yetamiz, deb işonaman.
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
- 👍 1
