15-oktabrdan kafelar tunu kun işlaşi mumkin

Matn25-iyul, 2019, 19:052 daqiqa0 koʻrish

15-oktabrdan kafelar tunu kun işlaşi mumkin

Tungi vaqtda faoliyat yurituvçi umumiy ovqatlaniş korxonalari va köngiloçar obyektlarda jamoat xavfsizligini taʼminlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (624-son, 24.07.2019 y.). Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

✅ Qarorga muvofiq, 2019-yil 15-oktabrdan boşlab umumiy ovqatlaniş korxonalari va köngiloçar obyektlar quyidagi talablar bajarilganda tunu kun faoliyat yuritişi mumkin:

👉 körsatilgan obyektlarning içki qismiga, şu jumladan, xizmat körsatiş xonalari, kiriş va çiqiş joylariga tasvirni kamida öttiz kun davomida saqlaş imkoni bölgan videokuzatuv tizimini örnatiş;

👉 binolarning yon-atrofi, avtoturargoh va boşqa tegişli hududni yetarli darajada (kamida 10 metr masofada) yoritiş;

👉 binoda şovqin meyorlariga qöyilgan talablarga amal qiliş yoki tungi vaqtda musiqa va tovuş kuçaytirgiç asboblardan foydalanmaslik;

👉 yonğin öçiriş vositalari va tibbiy yordam qutiçalari bilan taʼminlaş;

👉 hamma uçun körinarli joylarga evakuatsiya çizmasi hamda tezkor va qutqaruv xizmatlarining telefon raqamlari haqida maʼlumotlar örnatiş.

Körsatilgan obyektlar rahbari mazkur talablar bajarilgani haqida hududiy içki işlar organlariga maʼlumot taqdim etadi.

Talablarga rioya etmagan holda tungi vaqtda faoliyat yuritiş taqiqlanadi hamda tegişli tartibda javobgarlikka sabab böladi.

Talablar doirasida tunda işlovçi mazkur obyektlar faoliyatiga huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan aralaşiş taqiqlanadi.

Uşbu obyektlar tomonidan qaror talablari buzilsa yoki jamoatçilik tomonidan muntazam şikoyatlar tuşsa tegişli hokimliklar tomonidan ularning tungi vaqtda faoliyat yuritiş huquqi bekor qilinişi mumkin.

Tungi vaqtda faoliyat yurituvçi bunday obyektlar joylaşgan yönalişlarda patrul guruhlari tomonidan doimiy nazorat örnatiladi.

Uşbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uç oy ötgaç kuçga kiradi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek