Toşkentda propiska berişdagi mantiqsizliklar va diskriminatsiya

Matn25-iyul, 2019, 21:003 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Propiskaga oid mantiqsizliklar davom etadi

Kuni keça Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toşkentda doimiy propiskaga kirita oladigan taşkilotlar soni yana bittaga köpayib, ular safiga Savdo-sanoat palatasi ham qöşilibdi. Hozir jami 87 ta taşkilot bor bu röyxatda.

Buning mantiqsizligi şundaki, fuqarolarni 12 ta toifaga ajratgan propiska haqidagi öşa maşhur qonunning 11-bandida ham, Vazirlar Mahkamasining 07.10.2016-yildagi 336-sonli qarori bilan tasdiqlangan röyxatda ham iltimosnoma kiritiş huquqi faqat davlat hokimiyati organlari, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boşqa davlat taşkilotlariga berilgan. Boşqaça variant yöq.

Lekin 87 talik röyxatda 3 ta nodavlat notijorat taşkiloti ham kiritilgan. Bular:

1) Yoşlar ittifoqi;
2) Mahalla respublika kengaşi (nomi uzun, qisqartirdim);
3) Savdo-sanoat palatasi.

Yuqoridagilar davlat taşkiloti hisoblanmaydi, ularning huquqiy şakli – NNT!

Nahotki şunaqa qarorlarni tayyorlayotganlar davlat taşkiloti bilan NNTning farqiga bormasa? Borişadi, borganda qandoq. Çunki Vazirlar Mahkamasida ham, hujjatlarni huquqiy ekspertizadan ötkazadigan Adliya vazirligida ham juda malakali yuristlar işlaydi, bunga aminman. Faqat negadir köz yumişadi, körib körmaslikka olişadi. Yoki “tepadan” topşiriq bölarmikin köz yumişga?

Bu gaplarimni öqib, xuddiki röyxatga qöşilgan 3 ta NNTga qarşi çiqayotganday, röyxatdan ularni öçiriş kerak deyayotganday körinişim mumkin. Lekin aslo bunday emas.

Köpçilik yaxşi biladi, bu laʼnati propiska tizimiga tiş-tirnoğim bilan qarşiman. Şu jumladan, mehnat sohasidagi eng katta diskriminatsiya va korrupsiyani keltirib çiqarayotgan 11-bandga ham.

Çunki Hukumatning özi falon taşkilotga «sen bizga keraksan, respublika ahamiyatiga moliksan», deb turib, boşqasini bu röyxatga kiritmasdan «sen bizga kerakmassan, sening xodimlaringni ham biz uçun ziğirça qadri yöq» degandek iş tutişiga çidab bölmaydi.

Korrupsiya esa, taşkilotlar içida böladi. Qaysidir xodimga doimiy propiska uçun tavsiyanoma yozişga heç qaysi rahbar pul söramaydi, deb kafolat beradigan birorta mard bormi? Şuning uçun bunaqa bemaʼni tartibni bekor qiliş kerak. Bu haqida alohida maqolada batafsil töxtalişga harakat qilaman.

Bu postdan asosiy maqsad esa oddiy – agar Hukumat öz prinsiplarida tura olmasdan, faqat davlat deyilgan joyga nodavlatni ham qöşdimi, unda oxirigaça borsin. Qolgan yirik NNTlarni ham röyxatga kiritsin. Masalan:

• siyosiy partiyalar;
• Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi;
• Xotin-qizlar qömitasi;
• Fermerlar kengaşi;
• Milliy olimpiya qömitasi;
• NNTlar milliy assotsiatsiyasi (NANNOUz);
• Elektron OAV milliy assotsiatsiyasi (NAESMI);
• Maʼnaviyat va maʼrifat markazi;
• «Yuksaliş» umummilliy harakati;
• nogironlar jamiyatlari;
• Isteʼmolçilarning HHQJ federatsiyasi;
• FJŞMQMI (NIMFOGO);
• «Oltin meros», «Soğlom avlod uçun», «Vaqf» kabi yirik xayriya fondlari;
• Advokatlar palatasi orqali advokatlar;
• Jurnalistlar uyuşmasi orqali jurnalistlar;
• Yozuvçilar uyuşmasi orqali yozuvçilar;
• va şu kabi boşqa yirik NNTlar.

Xöş, insof bilan aytingçi, uşbu NNTlarni davlat taşkilotlaridan qayeri kam? Davlatni qöya turing, Yoşlar ittifoqi, Mahalla kengaşi yoki SSP kabi NNTlardan qayeri kam? Bu uçalasining şoxi bormi yoki respublika uçun ötkazib qöygan alohida xizmatlari bormi? Yoki Hukumat yuqorida men sanagan NNTlarni respublika ahamiyatiga molik bölmagan, mayda-çuyda taşkilotlar deb hisoblaydimi?

Siyosiy partiyaning jonkuyar xodimidan «Özagroservis» xodimi nima uçun ustun?

Xotin-qizlar qömitasining xodimi «Özbekipaksanoat» xodimidan nima uçun qadrsiz?

Fermerlar kengaşi xodimi «Özpaxtasanoat» xodimidan nima uçun ğarib? (xarip deb öqimang tağin)

Hukumatda bu savollarga javob bormi? Ayting, bilaylik? Nodavlat taşkilot xodimlarining diskriminatsiyasi sabablarini xalq bilib qöysa yomon bölmasdi.

Ijtimoiy adolatni çidaganga çiqargan, yoki oxirigaça adolat qiliş kerak, yoki umuman boşlamaslik kerak bu işni.

P.S.: aslida buni röyxatning boşida turgan siyosiy partiyalar baralla aytişi kerak, ammo ular hozirça jiddiy mavzularda soqov bölib yurişni maʼqul biladi. Ularga tonirovka xavfsizroq mavzu...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek