Toşkentda propiskasiz uy olişdagi 5 foizlik boj bekor böldi

Matn21-may, 2020, 15:511 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️ Propiskasiz fuqarolar yangi uy olganda tölaydigan 5% lik davlat boji bekor böldi

Şavkat Mirziyoyev tomonidan keça imzolangan qonunga binoan, doimiy propiskasi bölmagan fuqarolar tomonidan Toşkentda yangi qurilgan köçmas mulk sotib olinganda mol-mulkning oldi-sotdi şartnomalarini tasdiqlaganlik uçun şartnoma summasining 5 foizi miqdordagi davlat bojining alohida stavkasi çiqarib taşlandi.

Şuningdek, propiskasiz fuqarolar tomonidan sotib olingan yangi uylarni 3 yil içida sotgan holatlarda 400 “minimalka” (89 mln 200 ming söm) miqdorida alohida davlat bojini qöllaş tartibi ham bekor qilindi.

❗️Vanihoyat bu qonun bilan Özbekistonda 8 yil davomida amalda bölib kelgan Konstitutsiyaga zid tizimga, yaʼni Toşkentda mulk-huquqining çeklanişi yoki propiskasiz şaxslarga mulk olişda oğirroq şartlar belgilanişiga çek qöyildi.

Barçani uşbu ğalaba bilan tabriklayman. Endi bemalol istalgan Özbekiston fuqarosi Toşkentdan mulk sotib olişi, sotişi, hadya qilişi mumkin. Buning uçun ortiqça tölov yoki boşqa qöşimça talablar şart emas.

P.S.: endi faqat Vazirlar Mahkamasi qaroridagi auksion va ijroga qaratilgan mulklarni olişdagi alohida tartibni çiqarib taşlaşsa, böldi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek