Toşkentda uy oliş uçun propiska talabi bekor qilinişi mumkin
⚡️1-apreldan Toşkentda uy oliş uçun propiska talab qilinmasligi mumkin
“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020-yil Davlat dasturi loyihasi jamoatçilik muhokamasiga taqdim etildi.
Jumladan, farmon loyihasida "keng jamoatçilik istaklarini va xalqaro ekspert jamoatçiligi tavsiyalarini inobatga olgan holda", quyidagi takliflarga rozilik beriş nazarda tutilmoqda:
👉 2020-yil 1-apreldan boşlab Toşkent şahri va Toşkent viloyatida köçmas mulk xarid qilişda Özbekiston fuqarolari uçun uşbu hududlarda doimiy propiskaga ega böliş talab qilinmasligini közda tutuvçi tartibni joriy etiş;
👉 Özbekistonda doimiy istiqomat qiluvçi va respublikaning boşqa hududlarida doimiy propiskaga ega bölgan jismoniy şaxslarga Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda köçmas mulk oldi-sotdisi şartnomalarini rasmiylaştiriş uçun davlat bojining alohida stavkasini bekor qiliş;
👉 propiska tartibi bilan boğliq tösiqlarni izçillik bilan bekor qiliş;
👉 propiskaga qöyiş bilan boğliq jarayonlar va ularni “yagona darça” tamoyili asosida amalga oşirişning raqamlaştirilişini taʼminlaş.
Muhokamaga kirib, öz fikringizni qoldirişingiz mumkin: http://2020.strategy.uz/
👉 @xushnudbek 👈

