Toşkentda yangi uy sotib olib propiskaga kiriş tartibi
Toşkentdan doimiy propiska oliş uçun qimmat uy oliş şart emas, yangi bölsa böldi
Vazirlar Mahkamasining 22-oktabrdagi 845-sonli qaroriga binoan propiska oliş tartibi böyiça qator özgarişlar kiritildi.
Xususan, endilikda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska oliş uçun albatta eng kam oylik iş haqining 2500 baravaridan kam bölmagan uy oliş tartibi bekor qilindi. Buning uçun qiymati qança bölişidan qatʼiy nazar yangi qurilgan köçmas mol-mulk sotib olsa kifoya.
Yangi qurilgan uy deganda tuman (şahar) hokimining qurilişi tugallangan binoni foydalanişga qabul qiliş töğrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlaş haqidagi qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran uç yil ötmagan mol-mulk tuşuniladi.
Masalan, şaharning çekkaroğidan yangi qurilgan arzon uylardan sotib olib ham doimiy propiskaga kiriş mumkin.
Şuningdek, keçagi qaror bilan turar joy mulkdori öz oila aʼzolarini va boşqa şaxslarni propiskadan ötkaziş huquqiga egaligi haqida band kiritildi. Bir neçta uy yoki kvartiraga ega bölgan mulkdor ulardan faqat bittasigagina doimiy propiskadan ötişi mumkin.
Lekin bir eʼtiborli jihati Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiskaga ega bölmagan fuqarolarning ikkilamçi bozordan köçmas mulk sotib olişiga hozirça ruxsat berilmadi.
Vaholanki, Harakatlar strategiyasi doirasida 2018-yil 22-yanvar kuni PF-5308-sonli Prezident farmoni bilan qabul qilingan 2018-yilgi davlat dasturining 56-bandida "Toşkent şahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bölmagan fuqarolar uçun asossiz spekulyatsiyaning oldini oliş çoralarini körgan holda ikkilamçi bozordan köçmas mulk sotib olişga bölgan çeklovlarni bekor qiliş" vazifasi ham belgilangan edi. Mazkur band ijrosi 20-mart kunigaça taʼminlanişi va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari işlab çiqilişi lozim edi.
Yodingizda bölsa, Adliya vazirligi Davlat dasturining uşbu band ijrosi yuzasidan hujjat loyihalari öz vaqtida işlab çiqilganini alohida taʼkidlagan edi. Kutamiz, loyiha qaçon tasdiqlanar ekan. Yil tugaşiga ham unça köp vaqt qolmadi lekin. Jaa narigi yilga ötkazib yuborişmasa kerak. Yana ham kim bilsin.
Propiskaga oid şunça yengilliklarni hazm qilib turingçi, qolgani ham bir gap bölar. Asosiysi yaxşi özgarişlar bölyaptiku.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
