Qöqondagi kollej xodimlari zörlaşda gumonlanmoqda

Matn24-oktabr, 2018, 21:072 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Qöqondagi maxsus kollej xodimlari öquvçi-qizlarni zörlaşda gumonlanmoqda

Qöqon şahridagi maxsus yengil sanoat kolleji xodimlaridan bir neçtasi öquvçi qizlarni zörlaşda gumonlanmoqda. Bu haqda Turon24ga viloyat huquqni muhofaza qiluvçi organ vakillaridan biri maʼlum qildi.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qöqon şahar Maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejida salomatligida va xulqida nuqsoni bor öquvçilar öqiydi. Maʼlum bölişiça, kollejning 16 yoşli öquvçisi homilador bölib qolgan. Qöqon şahar prokuraturasi anonim söroq ötkazgan. Şunda boşqa qizlar ham jinsiy zöravonlik qurboni bölişgani haqida yozib berişgan.

Gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining “nomusga tegiş”, “jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondiriş”, “ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş”, “mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş va pora oliş” singari moddalar bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Kollej direktori davlat mulkini talon-taroj qilganlik va mansab vakolatini suiistemol qiliş; direktorning haydovçisi, kollej qorovuli, yoşlar yetakçisi va ruhşunosi jinsiy zörovonlikda ayblanib, hibsga olingan.

Şunga öxşaş voqea Marğilon şahridagi 1-mehribonlik uyida ham kuzatilgan edi.

ESLATMA: Mazkur tergov işi voyaga yetmagan şaxslarning jinsiy erkinligi va daxlsizligi bilan boğliq bölganligi sababli, köp maʼlumotlar jabrlanuvçilarning şaʼni va qadr-qimmatini himoya qiliş maqsadida tergov organlari tomonidan oçiqlanmasligi mumkin. Uşbu voqeani yoritadigan OAVlardan ham berayotgan maʼlumotlarida aynan mana şu jihatlarga eʼtibor qaratişni unutmasliklarini iltimos qilib qolar edim.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek