Jamiyatdagi zöravonlik va ayollarga nisbatan ikki xil standart
Manba:Shahnoza Soatova blogi
Andijon va Samarqanddagi ayollarga nisbatan vahşiyliklar mavzusi internetni portlatdi, endi u zöravonlarni qamaşadi, şu bilan odamlar tinçlanadi.
Lekin bu bilan ayollarga nisbatan zöravonlik töxtaydimi? Muammo hal böliş u yoqda tursin, vaziyat salgina yaxşilanadimi?
Yöq! Unday bölmaydi. Uç kunda unutamiz, şu bilan keyingi zöravonlik oşkor bölgunça (köpda oşkor bölmaydi).
Çunki bunday jinoyatlar zöravon (erkak) va qurbon (ayol)ning hayotiga turliça taʼsir qiladi. Erkak bir qilmişiga bir jazo oladi: qamaladi, biror yilda balki afv bilan çiqar, şu bilan “yigitçilik”, “erkakçilik” deb jamiyat buni unutadi, qabul qiladi, rozi böladi, murosa qiladi....
Ayol esa bir marta emas, bir umrga qurbon böladi, endi uni jamiyat avvalgidek qabul qilmaydi. Aybsiz bölsa-da, aybdor bölib qolaveradi. Erkaklar u yoqda tursin, birinçi bölib öz hamjinslari, ayollar ayblaydi, men avliyoroqman degan pozitsiyadan turvolib.
Şuning uçun keyingi qurbonlar vaziyatni yaşiradi, keyingi vahşiylar esa zöravonlik jazosizligining timsoli bölib hammaning köz öngida bemalol yaşab yuraveradi.
Mana şu hol zöravonlikning heç qaçon töxtamasligiga sabab.
Zörlaş holatlarida köpinça “ğunajin közini suzmasa...” deb ayollarni ayblab qoladilar.
Agar iş ikki tomon roziligi bilan röy bergan bölsa,buni qizlar va yigitlar tarbiyasiga, axloqiga yöyiş mumkin, sababni va çorani şu yönalişdan izlasa mantiq böladi. Lekin kuç işlatiş, zörlaş, bir tomonning ojizligidan foydalaniş, buni vahşiylarça amalga oşiriş, keyin esa şu vahşiylarning jamiyatda bemalol yaşab yura olişi – bu ğayriinsoniy holat, buni jamiyatning qusuri, fikrlaşi, dunyoqaraşi, ayol va erkakka nisbatan turliça standartlari oqibati deb baholaş kerak.
Kap-katta, uylangan, bir neça bolalari bor erkaklar, bittasining yoşi 40 dan oşgan hatto. Ularni nima töxtatişi mumkin edi? Şu işni qilsam, hayotim barbod böladi degan öy! Yetti puştimga isnodi tegadi degan fikr! Lekin unday öy-fikr yöq, çunki bunga asos yöq. Bu erkaklarni jazosizlik, qilgan işining oqibati yengil bölişi, “baribir heç nima qilolmaydi, kim işonardi, özini ayblaymiz, birovga aytolmaydi” degan fikrlaş quturtirgan. Axir, köpni körgan, tajribali erkaklar qilyapti bu işni, ösmirlar emas! Ularda bu vahşiylikni oila yo maktab emas, JAMIYAT tarbiyalagan!
Nimaga zöravon erkakni jamiyat özidan çetlatmaydi?
Nega vaqt ötişi bilan uni qabul qilişadi va keçirişadi-yu, ayolni qabul qilişmaydi? Nega zöravon erkak maʼlum vaqt ötgaç yana oşnalari bilan bemalol oş yeb, töyga borib, elga qöşilib, öğil-qiz uylab, tön kiyib yura oladi, zöravonlik qurboni bölgan ayolni “it tekkan qovun” deb birov davraga qöşmaydilar, öşa oiladan qiz olişni istaşmaydi, ötsa ortidan piçir-piçir, ğiybat, bosim bir umr tinmaydi?
Nega vahşiy erkak qamaladi, çiqadi va özini osmaydi, yoqmaydi, ayol esa özini osadi, yoqadi, suvga taşlaydi? U axloqsizlik qilmadi, közini suzmadi, uni bir vahşiy mayib qildi-ku!
Qiz xor jamiyat, ayol xor jamiyat!
Bunaqa dunyoqaraş, fikrlaş, munosabat bilan zöravonlik töxtamaydi. Toki ayollar va erkaklarga jamiyat tozaligi, axloqi borasida birdek masʼuliyat va javobgarlik yuklanmas ekan, toki ikki xil standartlar töxtamas ekan, zöravonlik töxtamaydi! Keyingi qurbon esa sizning yaqiningiz bölişi mumkin!
P.S. Aytgança, statistikaga qarab qöyinglar: Boş prokuratura maʼlumotiga köra, Özbekistonda 2020-yilda nomusga tegiş holatlari 28 foizga oşgan. 2021-yilning dastlabki uç oyi içida huquq-tartibot idoralariga zöravonlikka uçragan ayollar tomonidan 11 mingdan ortiq murojaat bölgan.


