YTT sifatida taksiçilik qilişga ruxsat berildi

Matn17-may, 2021, 14:582 daqiqa0 koʻrish

21 yoşga tölgan şaxs YTT sifatida taksiçilik faoliyati bilan şuğullanişi mumkin böldi

Prezidentning tegişli qarori bilan 2021-yil 15-maydan 2022-yil oxirigaça quyidagilarni nazarda tutuvçi eksperiment (sinov) ötkaziladi:

👉 yölovçilarni haydovçidan taşqari törttadan ortiq bölmagan örindiqlarga ega bölgan yengil avtotransportlarda taşiş yakka tartibdagi tadbirkorlar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat turlari röyxatiga kiritiladi;

👉 yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yölovçilarni yengil avtotransportlarda taşiş litsenziya varaqasiga asosan amalga oşiriladi;

👉 haydovçi 21 yoşga tölgan bölişi kerak;

👉 taksi sifatida foydalanilişi közda tutilgan avtomobilning ekspluatatsiya qilinayotganiga 10 yildan ortiq bölmagan bölişi kerak.

👉 avtomobilda yölovçilarni taşiş bilan şuğullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar “Akkreditatsiya markazi” DUKda akkreditatsiyadan ötgan texnik xizmat körsatiş stansiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba transport vositasini texnik körikdan ötkazişi şart;

👉 haydovçilar maxsus tekşiruv punktlarida oylik tibbiy körikdan ötişi şart;

👉 yakka tartibdagi taşuvçilarga yölovçilarni avtomobil transportida taşiş faoliyati doirasida xodimlarni işga yollaşga ruxsat etilmaydi;

👉 2021-yil 1-sentabrgaça yakka tartibdagi taşuvçilarni davlat röyxatidan ötkazganlik uçun davlat boji undirilmaydi;

👉 yakka tartibdagi taşuvçilardan litsenziya varaqasi berilganligi uçun davlat boji yiliga BHMning bir barobari (245 ming söm) miqdorida undiriladi. Davlat xizmatlarini körsatganlik uçun yiğim undirilmaydi;

👉 yakka tartibdagi taşuvçilar qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini 3 tonnagaça yuk kötariş imkoniyatiga ega avtomobil transportida yuklarni taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun belgilangan stavkada tölaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek