Xalq artisti Bahodir Yöldoşev 76 yoşida vafot etdi
Keça, 16-may kuni, atoqli rejissor, ustoz sanʼatkor, Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, Xalq artisti Bahodir Yöldoşev 76 yoşida vafot etdi.
Şu munosabat bilan Şavkat Mirziyoyev taʼziya bildirdi.
«B.Yöldoşev tomonidan sahnalaştirilgan "Abu Rayhon Beruniy", "Ibn Sino", "Iskandar", "Nodirabegim", "Yulduzli tunlar", "Qora kamar", "Farmonbibi arazladi", "Kelinlar qözğoloni", "Maysaraning işi", "Çeça", "Arşin mololon" kabi önlab dramatik asarlar millionlab sanʼat muxlislarining qalbidan çuqur joy olib, teatr sanʼatimizning "oltin fondi"dan örin egalladi», - deyiladi nekrologda.
P.S.: Öz navbatida Bahodir Yöldoşevni uzoq yillardan buyon rasmiy davlat tadbirlari, jumladan Navröz hamda Mustaqillik tantanalari boş rejissyori sifatida ham yaxşi bilamiz. Ming afsus, Mustaqilligimizning 30 yillik yubileyi şodiyonolarini sahnalaştiriş unga nasib qilmadi. Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun.
👉 @xushnudbek 👈



