Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Eksportyorlar uçun transport xarajatlari subsidiyalanadi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Prezidentning tegişli farmoniga binoan, 2022-yil 1-apreldan boşlab:

a) 2023-yil 1-aprelga qadar:

➖mahalliy korxonalar (ularning vakolatli vakillari)ga Yevropa Ittifoqi davlatlariga yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlarni eksport qilişda taşiş xarajatlarini 70 foizgaça miqdorda kompensatsiya qilişga subsidiyalar taqdim etiladi;

➖ qöşni davlatlarga eksport qilingan yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilişda taşiş xarajatlarini 50 foizgaça miqdorda kompensatsiya qilişga subsidiyalar taqdim etiladi;

b) muvofiqlikni baholaş organlarini xalqaro ILAC/IAF taşkilotlari aʼzosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan ötkaziş bilan boğliq xarajatlar Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan qoplab beriladi;

v) tadbirkorlik subyektlari tomonidan tovarlar (maxsus turdagi tovarlardan taşqari), işlar va xizmatlar eksportini şartnoma tuzmasdan hisobvaraq-fakturalar (invoyslar) asosida amalga oşirişda talab etiladigan oldindan tölov miqdori 100 foizdan 50 foizga kamaytiriladi.

ℹ️ 2 hafta muddatda eksport qilişda taşiş xarajatlarini kompensatsiya qilişga subsidiyalar taqdim etiladigan yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar röyxati tasdiqlanadi va www.exportportali.uz portalida eʼlon qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 332
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek