Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Energiya resurslari uçun ijtimoiy norma tizimi joriy etiladi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

❗️Elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlarini belgilaşda “ijtimoiy norma” tizimi butun mamlakat böylab joriy qilinadi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş, Moliya hamda Energetika vazirliklarining qöşma bayonotida aytilişiça, bu borada tegişli normativ-huquqiy hujjat loyihasi yaqin kunlarda jamoatçilik muhokamasiga qöyiladi. Jamoatçilikning barça takliflari körib çiqiladi.

❓Bu nima degani?

Eng avvalo energiya resurslari bozor narxiga ötadi. Ammo bu davrda aholining kam taʼminlangan va past daromadli qatlami manfaatlari ijtimoiy himoya qilinadi. Jumladan, pensiya va bolalari uçun nafaqa oluvçilarni qöllab-quvvatlaş böyiça alohida qöşimça çora-tadbirlar amalga oşiriladi.

Taʼkidlaş joizki, davlat tomonidan energiya resurslari narxlarini “şartli subsidiyalaş” amaliyoti saqlab qolinadi. Biroq, “şartli subsidiyalar”ni taqsimlaşda ijtimoiy himoya samaradorligini oşiriş maqsadida “ijtimoiy norma” tizimi butun respublika böyiça amalga kiritiladi.

❓Ijtimoiy norma nima degani?

Energiya isteʼmol qilişning ijtimoiy normasi sifatida aholi tomonidan imtiyozli tarif böyiça tölanadigan maʼlum miqdordagi energiya tuşuniladi. Yaʼni, muayyan belgilangan miqdorgaça nisbatan pastroq (imtiyozli) narxda sotiladi va bu miqdordan oşiği erkin bozor narxida sotiladi.

❓Şartli subsidiya nima degani?

Elektr energiyasining 1 kVt soatining tannarxini 800 söm deb olsak, bu energiya aholiga tannarxidan ança arzon narxga, yaʼni bugungi kunda 295 sömdan sotiladi. Yetmagan qismi davlat byudjetidan qoplanadi.

Şunda bir oyda örtaça 200 kVt soat elektr energiyasi işlatadigan xonadon oyiga 101 ming söm, 400 kVt soat elektr işlatadigan xonadon esa 202 ming söm miqdorida davlatdan şartli subsidiya olmoqda.

Misol uçun: bir paytning özida 2-3 ta konditsioner, bittadan ortiq muzlatkiç, kompyuter va boşqa elektr jihozlaridan foydalanuvçi, yaʼni tölov qobiliyati yuqori xonadonlar mos ravişda köproq elektr energiyasini sarf qiladilar. Natijada uşbu xonadonlar köproq şartli subsidiya olmoqdalar. Xullas, boylar köproq foyda qilyapti, kambağallar kamroq. Elektr energiyasi umuman yetib bormagan yoki çiroq köp öçadigan joydagi aholi esa umuman foyda qilmayapti. Ammo ular ham byudjetga soliq tölaydi, yaʼni davlatning zararini qoplaş uçun mehnat qiladi.

Elektr energiyasi isteʼmol qiluvçi jami 7,3 mln abonent mavjud. Ularning 80 foizi oyiga örtaça 200 kVt soatgaça elektr energiyasini isteʼmol qiladi. Lekin, mazkur xonadonlarning hissasiga aholi isteʼmol qiladigan jami elektr energiyasining bor-yöği 31 foizi (5,7 mlrd kVt s) töğri keladi.

❓Bu nima beradi?

Bayonotda aytilişiça, energo resurslarni rentabelli, yaʼni foyda keltiradigan narxlarda sotiş sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilişga yordam beradi, bu esa kelajakda yangi quvvatlarni yaratiş, aholini uzluksiz va sifatli energiya bilan taʼminlaşning birdan-bir yölidir.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 845
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek