Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Elektromobillar uçun yangi imtiyozlar berilişi kutilmoqda

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Elektromobillar uçun bir qator imtiyozlar berilişi kutilmoqda

Masalan, elektromobilda taksiçilik qiluvçilar 2040-yilgaça lizensiya tölovlaridan ozod qilinişi rejalaştirilmoqda.

Bu haqdagi qaror loyihasi Iqtisodiyot va kambağallikni kamaytiriş vazirligi tomonidan işlab çiqilgan va jamoatçilik muhokamasi uçun eʼlon qilingan.

Loyihada aytilişiça, 2022-yil 1-apreldan 2030-yil 31-aprelgaça qadar:

— quvvatlantiriş stansiyalari hamda ularning atrofida kamida 2 elektromobil uçun töxtaş joyi joylaşgan yer uçastkalari yer soliği tölaşdan ozod etiladi;

— yuridik şaxslarning mijozlarni jalb qiliş uçun quvvatlantiriş stansiyalarni taşkil etiş bilan boğliq xarajatlari, daromad soliğini hisoblaşda çegirib taşlanadigan xarajatlar hisoblanadi (soliq bazasining 2 foizidan oşmasligi lozim);

— işlab çiqarilgan sanasi bir yildan oşmagan elektromobillarni “erkin muomalaga çiqariş” (import) bojxona rejimida rasmiylaştiradigan jismoniy va yuridik şaxslar 2027-yil 1-yanvarga qadar utilizatsiya yiğimidan ozod etiladi.

Şuningdek:

➖ elektromobillarni quvvatlantiriş xizmatlarini körsatuvçi yuridik şaxslarga elektr energiyasini xarid qiliş xarajatlari 2025-yil 1-yanvarga qadar Davlat byudjeti tomonidan subsidiya beriş orqali töliq qoplanadi hamda har bir Mode 4 turidagi 60 kVt va undan yuqori quvvatli yangi stansiya sotib oliş uçun Davlat byudjetidan 10 000 AQŞ dollari miqdorida subsidiya ajratiladi;

➖ elektromobillar munitsipal (kommunal) mulkka tegişli bölgan avtoturargohlardan bepul foydalanadi;

➖ munitsipal (kommunal) mulkka tegişli bölgan avtoturargohlarda quyidagi miqdorda (2 ta kanalli) tezkor usulda quvvatlantiriş stansiyasi infratuzilmasini taşkil etadi:

2022-yilda har 200 ta töxtaş joyiga kamida 2 dona;
2023-yilda har 150 ta töxtaş joyiga kamida 2 dona;
2024-yilda har 100 ta töxtaş joyiga kamida 2 dona;
2025-yilda har 60 ta töxtaş joyiga kamida 2 dona;
2026-yilda har 40 ta töxtaş joyiga kamida 2 dona.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 983
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek