Tadbirkorlarga yangi soliq imtiyozlari berildi
Tadbirkorlarga yangi imtiyozlar
Şavkat Mirziyoyev qiyin vaziyatda iqtisodiyotimizni, tadbirkorlarni faol qöllab-quvvatlaş uçun yana bir muhim farmonga imzo çekdi. Farmonga köra:
birinçidan, turistik va mehmonxona faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar şu yil yakuniga qadar yer va mol-mulk soliqlarini tölaşdan ozod etiladi. Ularga ijtimoiy soliq stavkasi hozirgi 12 foizdan 1 foizga tuşiriladi. Uşbu imtiyozdan sohada xizmat körsatayotgan mingdan ortiq subyektlar foydalaniş imkoniyatiga ega böladi.
ikkinçidan, karantin davrida öz faoliyatini töxtatişga majbur bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga daromad soliği va ijtimoiy soliqni hisoblaş töxtatiladi. Uşbu imtiyoz qariyb 150 ming yakka tartibdagi tadbirkorga katta kömak böladi.
uçinçidan, tuşumi ötgan oydagiga nisbatan 50 foizga kamaygan kiçik biznes subyektlariga aylanmadan olinadigan soliq, yer soliği, mulk soliği, ijtimoiy soliq va suv soliğini tölaş muddati şu yil 1-oktabrga qadar keçiktiriladi. Tadbirkorlar bu imtiyozlardan soliq idorasini uydan turib xabardor qilişi mumkin.
törtinçidan, joriy yil 1-apreldan boşlab yuridik şaxslarning tabiiy gaz va elektr energiyasi uçun oldindan tölov majburiyati amaldagi 100 foizdan 30 foizga tuşiriladi.
(davomi bor)
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

