Koronavirusga qarşi yangi çoralar belgilandi
⚡️Koronavirusga qarşi yangi çoralar belgilandi
Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan aholini ijtimoiy va tibbiy muhofaza qilişni kuçaytirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar belgilab berildi. Jumladan:
👉 300 mingta ekspress-test va 500 ta sunʼiy nafas oldiriş apparati xarid qilinadi, xavf yuqori bölgan aholi punktlarida köçma laboratoriyalar taşkil etiladi;
👉 tibbiyot niqoblari işlab çiqariş kuniga 5 million donaga yetkaziladi;
👉 davlat organlari va nodavlat taşkilotlar öz xodimlarining kamida 50 foizini haq tölanadigan taʼtilga çiqarişi, qolganlar masofadan işlaşga ötkazilişi zarurligi taʼkidlandi;
👉 surunkali kasallikka çalinganlar hamda 60 yoşdan oşganlar taşqariga çiqmasligi, bunday xodimlar 100 foiz mehnat taʼtiliga çiqarilişi tavsiya etildi;
👉 Özbekistonga olib kirilayotgan dori-darmonlar, substansiyalar, tibbiy texnika va boşqa zarur tovarlarni bojxona tölovlaridan, şu jumladan, qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilinadi;
👉 1-oktabrga qadar tadbirkorlarning foydalanilmayotgan obyektlariga nisbatan mol-mulk va yer soliğining oşirilgan stavkalari qöllanilmaydi;
👉 1-noyabrga qadar koronavirus pandemiyasi tufayli moliyaviy qiyinçiliklarni boşidan keçirayotgan korxonalar bankrot deb eʼlon qilinmaydi;
👉 karantin muddati davomida tadbirkorlik subyektlari foydalanayotgan 3 ming 600 dan ortiq davlat mulki obyektlari böyiça ijara haqlarini undiriş töxtatiladi;
👉 barça loyihalar doirasida investitsiyaviy majburiyatlarni bajariş muddatlari 6 oyga uzaytiriladi;
👉 karantin davrida tadbirkorlarning hisob raqamini töxtatib qöyiş taqiqlanadi;
👉 aholiga tovarlarni yetkazib beriş hamda taşiş xizmatlarini körsatiş uçun litsenziya oliş talabi vaqtinçalik bekor qilinadi.



