Şavkat Mirziyoyev şifokorlarga minnatdorlik bildirdi
Şavkat Mirziyoyev şifokorlar haqida:
«Koronavirusga qarşi kuraşişdagi öziga xos “jang maydoni”da tibbiyot xodimlari birinçi zarbani qabul qilmoqdalar. Oddiy haqiqatni tan oliş adolatdan böladi. Kasallarga öz vaqtida yordam berilsa, ular şifo topadi, kasalxonalarni tark etadi. Lekin, oxirgi kasal tuzalmagunça tibbiyot xodimlari iş joyini tark etolmaydi.
Dunyo böylab, xususan, mamlakatimizda şifokorlarning öz kasbiga sadoqati, xalqimiz, ota-onalarimiz, farzandlarimiz soğliği yölida tunu kun qilayotgan mehnati barçamiz uçun jasorat namunasi bölmoqda.
Hurmatli tibbiyot xodimlari, öz hayoti va soğliğini garovga qöyib, pandemiya bilan kuraşayotgan şifokorlar, hamşiralar, sanitar xodimlarga butun Özbekiston xalqi nomidan çeksiz minnatdorlik bildiraman!»
👉 @xushnudbek 👈

