Tibbiyot xodimlari uçun yangi iş tartibi va tölovlar
Koronavirusdan davolaydigan şifokorlar “vaxta” usulidan kunbay iş tartibiga ötkaziladi
Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Furqat Sanayevning maʼlum qilişiça, şu yilning 20-avgust sanasidan quyidagi tartib joriy etiladi:
- koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolaş işlariga jalb qilingan hamda uşbu infeksiyani aniqlaş laboratoriyasi xodimlari 14 kunlik “vaxta” usulidan, ularning sanitariya va gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda kunbay kelib-ketiş tizimiga ötiladi;
- iş hajmidan kelib çiqib, 6 kunlik kunbay işlaş mumkinligi belgilangan holda har 30 kun uçun bir oylik iş faoliyati yakuni böyiça:
- şifokorlarga 25,0 mln. söm;
- örta tibbiy xodimlarga 15,0 mln. söm;
- kiçik tibbiy xodimlarga 10,0 mln. söm;
- boşqa xodimlarga 5,0 mln. söm
miqdorida maxsus rağbatlantiriş tölovlari (daromad soliğidan taşqari) tölanişi belgilandi.
Kunlik qöşimça tölovlardan taşqari, asosiy iş joyidagi oylik maoşi saqlab qolinişi hamda xodimlarning dam oliş va bayram kunlaridagi işlari uçun ularga belgilangan tartibda ikki hissa haq tölanadi.
Vazirlik bu masala yuzasidan qöşimça maʼlumotlar berib boradi.
👉 @xushnudbek 👈

