Özbekistonda koronavirusdan uçinçi ölim holati qayd etildi
⚡️Uçinçi ölim: koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor öpka va yurak yetişmovçiligidan vafot etdi
Soğliqni saqlaş vazirligining xabar qilişiça, koronavirus aniqlangan yana bir yurtdoşimiz vafot etdi.
Toşkent viloyati Çirçiq şahrida yaşovçi fuqaro Ş. şu yilning 30-mart kuni tez tibbiy yordam orqali oğir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan. Unga barça zarur muolajalar körsatilgan. 31-mart kuni bemorga ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş maqsadida respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekşiriş instituti klinikasiga ötkazilgan. Zudlik bilan amalga oşirilgan laborator tahlil natijasi unda koronavirus infeksiyasi borligini tasdiqlagan.
40 yoşli bemor uşbu klinikaning reanimatsiya bölimida sunʼiy nafas oliş apparatida bölgan.
Biroq qator soha mutaxassislarining ötkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan keça oqşom bemorning ahvoli keskin yomonlaşgan. Berilgan tavsiyalarni töliq bajarilişiga qaramasdan bemor Ş.da yurak va öpka yetişmovçiligi sabab yurak faoliyati töxtaşi kuzatilgan.
👉 @xushnudbek 👈
