Angrenlik bemor koronavirusdan vafot etdi

Matn24-aprel, 2020, 14:471 daqiqa0 koʻrish

⚡️Sakkizinçi ölim: koronavirus aniqlangan angrenlik bemor vafot etdi

Şu yilning 19-aprel kuni Toşkent viloyati, Angren şahrida yaşovçi F. (ayol) viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga öta oğir ahvolda yotqizilgan va sunʼiy nafas oliş apparatiga ham olingan. Tezkor diagnostik tahlillardan söng bemorda “Covid-19” koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Şundan söng unga ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş maqsadida Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli tibbiyot klinikasiga ötkazilgan. Bemorda öpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, ötkir respirator distress sindrom, gipertoniya kasalligi ikkinçi bosqiç, xavf 4, semizlikning 3 darajasi bölganligi sababli kasallik oğir keçib, davolaniş davomida hamişa sunʼiy nafas oliş apparatida bölgan.

Ötkazilgan muolajalariga qaramasdan bemor ötkir respirator distress sindromi, ötkir nafas, öpka-yurak va poliorgan yetişmovçiligidan vafot etdi.

Yurtdoşimizni Alloh öz rahmatiga olgan bölsin. Qolgan bemorlarga özi şifo bersin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek