Prezident pandemiyaga qarşi kuraş çoralarini tanqid qildi

Matn20-iyul, 2020, 11:332 daqiqa0 koʻrish

Bugun, yangi haftaning birinçi iş kunini erta tongdan Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraş borasida olib borilayotgan işlarning çuqur tanqidiy tahlilidan boşladi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Unda aytilgan muhim maʼlumotlar:

➖ Toşkent şahrida mavjud 16 ta klinikaga qöşimça COVID-19ga şubhali bemorlar uçun möljallangan yana 7 ta 850 örinli “provizor” klinikalar taşkil qilindi. Uşbu klinikalarning tibbiyot xodimlariga har bir iş kuni uçun oylik maoşining 6 foizi miqdorida ustama haq tölaş masalasi hal qilindi.

➖ bugundan boşlab koronavirusga çalingan bemorlar bilan işlayotgan har bir maxsus şifoxonada alohida tijorat bankining kassalari taşkil qilinib, şifokorlarning 14 kunlik iş xaqini joyida oliş tizimi joriy etiladi;

➖ Şifoxonalarga qöşimça 285 dona öpka sunʼiy ventilyatsiyasi apparati, 155 dona öpkani yordamçi nafas oldiriş uskunasi, 140 dona kislorod konsentratori, 200 ta funksional yotoqlar bilan taʼminlandi;

➖ “Özekspomarkaz” milliy körgazmalar majmuasida uşbu virusga şubhali bölgan bemorlarga birinçi tibbiy yordam körsatuvçi 500 örinli Taqsimlovçi markaz taşkil qilinmoqda;

➖ Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligining tuman bölimlariga koronavirusga PSR-analizi olişga va tahlil javobini Respublika agentligiga yubormasdan, bevosita bemorlarga topşiriş tartibi örnatildi va bu orqali tahlil javoblarini kutiş davri qisqaradi;

➖ Toşkent viloyati tez tibbiy yordam xizmati uçun jami 100 ta “Damas” ambulans maşinasi ajratildi, şulardan 25 tasi joylarga tarqatildi;

➖ qisqa muddatlarda uşbu kasallikka çalinganlarni davolaş uçun yaratilgan qöşimça örin-joylar soni, birinçi navbatda oliygohlar yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari va boşqa siğimi katta bino-inşootlar hisobiga, kamida ikki-uç barobarga oşiriladi;

➖ kasallik öçoğida öz jonini garovga tikib har bir kasalni ölim yoqasidan olib çiqayotgan şifokorlarimiz davlat mukofoti bilan taqdirlanadi;

➖ bugungi kunda respublika va mahalliy byudjetlardan moliyalaştiriladigan har qanday xarajat ustuvor ravişda pandemiyaga qarşi kuraş tadbirlariga qaratiladi. Bundan muhim xarajatlar bölişi mumkin emas;

➖ yangi xarid qilinayotgan tez tibbiy yordam avtomobillari faoliyati uzluksizligini taʼminlaş maqsadida iqtisodiyotning turli sohalaridan, birinçi navbatda, faoliyati töxtatilişi oqibatida daromadsiz qolgan yölovçi taşuvçi jamoat transporti uyuşmalarining malakali haydovçilari jalb etiladi;

➖ barça sektor rahbarlari iş kunini ertalabdan öz hududlarida kasalxonalardagi ahvolni örganiş bilan boşlaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek