Tez tibbiy yordam tizimida islohotlar ötkaziladi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganŞavkat Mirziyoyev raisligida şoşilinç va tez tibbiy yordam sifatini yaxşilaş masalasida videoselektor yiğilişi tanqidiy ruhda bölib ötmoqda.
Unda aytilişiça, tez tibbiy yordam maşinalarida zamonaviy navigatsiya jihozlarining yöqligi, 10 mingta köçalarga haligaça nom, 500 mingga yaqin uylarga raqam berilmagani uçun tez yordam brigadalarining asosiy vaqti manzilni topişga sarflanmoqda.
Misol uçun, tez tibbiy yordam brigadasi keçikib kelişi böyiça 2021-yilning özida viloyatlardan 50 mingdan ziyod şikoyat kelib tuşgan.
Şu sababli, Prezident mutasaddilarga quyidagi topşiriqlarni berdi:
➖ joriy yil 1-iyuldan yagona vertikal boşqaruv asosida “103” Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning viloyat filiallari taşkil etiladi;
➖ tumanlarda çaqiruvlarni qabul qiliş dispetçerlik xizmati tugatilib, viloyatlarda yagona Koll-markaz taşkil etiladi;
➖ tez tibbiy yordam körsatiş bir tuman hududida emas, masofaga qarab butun viloyat böyiça yölga qöyiladi;
➖ Koll-markazda operatorlar bilan birga alohida tibbiyot-maslahat brigadasi faoliyat olib boradi.
Yaʼni, tez yordam brigadasi yetib borguniga qadar ularga bemorning ahvoli haqida xabardor qilib turiş, oila aʼzolariga oğir ahvoldagi bemorga birinçi yordam körsatiş böyiça telefon orqali maslahat beriş bilan şuğullanadi.
Tez yordam xizmatini taşkil etiş va raqamlaştiriş uçun 85 milliard söm va Jahon bankidan jalb qilingan 5 million dollar yönaltiriladi.
❗️Şuningdek, viloyat koll-markazlari tizimiga tez tibbiy yordam xizmati mavjud xususiy klinikalar ham ulanadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 682



