SMA bilan oğrigan bolalarni davolaşga mablağ ajratiladi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganManba:Shahnoza Soatova blogi
Spinal muşak atrofiyasi kasalligi bilan oğrigan bolajonlar muammosini bundan 2 yil avval yoritgandik. Öşanda nabirasi uşbu darddan vafot etgan Nigmatulla Yunusov Toşkent yoşlar forumidagi çiqişimizdan söng bir guruh blogerlar oldiga kelib, muammo haqida kuyunib gapirgandi. Masalani örganib, bu naqadar oğir kasallik ekani va bolajonlarning erta nobud bölişiga olib kelişini bilgandik, larzaga kelgandik.
Spinal muşak atrofiyasi (SMA) juda kam uçraydigan, biroq dahşatli taşxis. U muşaklarni zararlaydi, natijada bolada avval tayanç-harakat tizimida, keyin turli organlar işida muammolar boşlanadi. Oxiri bola sölagini ham yutinolmay tiqilib qolişi yo nafas ololmay qolişi mumkin. Ota-onalar joni qil ustida turgan farzandi tepasida oylab mijja qoqmay çiqişlari… haqiqiy va ayançli insoniy fojialar😢😢😢
Kasallikning davosi bor, faqat juda qimmat. Agar vaqtida töğri taşxis qöyib, xorijda işlab çiqariladigan dori berilsa, gödaklar tuzalib ketişadi. Biroq bu dorini sotib olişga ota-onalarning qurbi yetmaydi.
Ikki yil avval qöldan kelgança, ovozimiz yetgança jar soldik. SMA taşxisi bilan oğrigan bolalarning ota-onalari hamjamiyati turli davlat organlari va taşkilotlariga jamoaviy murojaatlar yöllaşdi.
Tunov kuni Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev şifokorlar bilan uçraşuvida hozir uşbu kasallik bilan oğriyotgan barça 75 nafar bolani davolaş uçun yiliga 110 milliard söm ajratilişi maʼlum qilinibdi! Bu haqida keça Aziza Umarovaning feysbuk sahifasida öqib juda xursand böldim, şuni yozgim keldi.
Uşbu savob işga boş qöşgan, muammoni örgangan, Prezidentga maʼlumot kiritgan barça-barçaga va ayniqsa, şu insonparvar qarorni beruvçiga katta rahmat! Bolajonlarimiz soğ bölişsin🤲🤲🤲
- 👍 1216



