Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Nima uçun karantin vaziyatga jiddiyroq qaraş kerak

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

​​Nima uçun vaziyatga jiddiyroq qaraşimiz kerak?

Birinçidan, bu kasallikka qarşi vaksina yöq, davolaşning aniq usuli yöq, bunaqa şaroitda pandemiyani jilovlaşning eng samarali usuli - bu fuqarolarning özini özi izolyatsiya qiliş va ijtimoiy masofani saqlaş orqali virus tarqalişi yöllarini çeklaş, bemorlarni aniqlaş va epidemiya öçoqlarining kengayişiga yöl qöymaslik böyiça faol çoralar körişdir.

Boşqaça aytganda, kasallikning barça holatlari qançalik tez aniqlansa, körikdan ötkazilsa va izolyatsiya qilinsa, virusni jilovlaş osonroq böladi.

Ikkinçidan, karantin qoidalariga amal qilmaslik, köplab odamlarning vafot etişi, bemorlar sonining köpayişi natijasida soğliqni saqlaş tizimini butkul izdan çiqarişi bilan birga katta iqtisodiy talofatlarga olib keladi.

Uçinçidan, odamlar örtasidagi aloqani kamaytiriş yoki çeklaş har bir bemor 4-5 nafar emas, balki undan ham kamroq odamlarni zararlaşi mumkin. Natijada epidemiya sekinlaşadi.

Törtinçidan, iyul oyining birinçi haftasida karantin talablarining yumşatilişi natijasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 2167 kişiga köpaydi. Şulardan 1267 (58%) holat aholi orasida aniqlangan. Agar may oyida kunlik örtaça 51ta holatda kasallik qayd etilgan bölsa, iyun oyida bu körsatgiç 163ni taşkil etdi. Iyul oyining boşidan boşlab kuniga örtaça 324tadan virus bilan kasallaniş holatlari aniqlanmoqda.

Beşinçidan, manaman degan tibbiyoti rivojlangan davlatlar ham epidemiyaning katta tölqini oldida bardoş bera olmayapti, tizginni butkul qöldan berib qöyişdi. Ana endi yillar davomida falaj bölib qolgan tibbiyot tizimiga ega, boşqa sohalarda bölgani kabi tibbiy taʼlimda ham korrupsiya urçib ketgani natijasida tayinli kadrlari yöq Özbekiston şaroitini köz oldingizga keltiravering. Agar hozir qatʼiyroq çora qilinmasa, dahşatli darajada fojiaga yöliqişimiz tayin.

Yurtimizdagi ösiş surʼatini quyidagi infografikada körişingiz mumkin.

Sizdan birgina ötinçim, özingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek