Abituriyentlar uçun muhim savollarga javoblar
Köp berilayotgan savollarga javoblar
➖ Onlayn röyxatdan ötgaç, profilda rasm körinmasa, bu muammo emas. Maʼlum vaqt ötgaç, özi paydo böladi. Rasm yöqligi testga kirişda muammo tuğdirmaydi;
➖ Agar çet tilini biliş sertifikatini kiritgan bölsangizu, lekin haligaça tasdiqlanmagan bölsa, biroz kutib turişingiz kerak. Çunki har bir sertifikatning haqiqiyligi mutaxassislar tomonidan tekşirilib, keyin tasdiqlanmoqda;
➖ Avvalgi yilda bitirganlar onlayn röyxatdan ötib, tölovni ham amalga oşirgaç, röyxatdan muvaffaqiyatli ötganligi haqida telefoniga SMS kelmagan bölsa, bu xavotirli emas. Asosiysi şaxsiy kabinetda “To‘lovingiz muvaffaqiyatli amalga oshirildi!” degan yozuv çiqsa böldi;
➖ Qöşimça kvota şaklidagi imtiyozlar faqat birinçi tanlagan yönalişga amal qiladi. Ikkinçi yoki undan keyingi yönalişlarga ötmaydi (buni IELTSga aloqasi yöq);
➖ qabul.dtm.uz saytida beşta yönalişni tanlaganlar soni körsatilgan. Yaʼni biror yönalişga röyxatdan ötganlar soni aytaylik, 5 mingta bölsa, bu faqat birinçi yönalişni tanlaganlar soni emas, balki ikkinçi yoki undan keyingi yönalişni tanlaganlar ham inobatga olingan;
➖ “Oliy hamşiralik işi” bakalavriat taʼlim yönalişiga barça abituriyentlar ham hujjat topşira olmaydi. Faqat tibbiyot kollejlarining hamşiralik, akuşerlik işi yoki feldşerlik yönalişlarini tugatganlargina uşbu yönalişga hujjat topşiriş huquqiga ega. Şu sababli “Oliy hamşiralik işi” yönalişiga öqişga kiriş uçun abituriyentlar dastlab hududlarda joylaşgan tibbiyot oliy taʼlim muassasasiga murojaat qilişi kerak. Töğridan-töğri onlayn hujjat topşiraman desa, “Oliy hamşiralik işi” yönalişi röyxatda çiqmaydi;
➖ Harbiy OTMga hujjat topşirgan abituriyentlar bir vaqtning özida harbiy bölmagan 5ta bakalavriat yönalişiga hujjat topşira oladi. Faqat test topşiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bölişi kerak. Harbiy va harbiy bölmagan OTMlar uçun test bir vaqtda abituriyent özi tanlagan hududda ötkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈

