Test savollarini işlaş uçun beriladigan vaqt miqdori
❓Test savollarini işlaş uçun qança vaqt beriladi?
#abituriyent
3 ta majburiy fanlar uçun — 60 daqiqa (1 soat);
2 ta mutaxassislik fanlari uçun — 120 daqiqa (2 soat).
Jami: 180 daqiqa (3 soat).
Agar kimdadir çet tili yoki boşqa fanlardan imtiyozli sertifikati bölsa va öşa fan uçun test sinovidan ozod qilingan bölsa, unda 60 daqiqa ayirib taşlanadi. Agar 2 ta mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bölsa, unda 120 daqiqa ayirib taşlanadi hamda faqat majburiy fanlar uçun 1 soat vaqt beriladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yönalişlarga topşirgan abituriyentlar uçun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.
Uşbu vaqt içiga javoblarni belgilaş ham kiritilgan. Yaʼni böyaş uçun alohida qöşimça vaqt berilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1504


