Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş çoralari

Foto27-iyun, 2022, 16:511 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

«Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va jurnalistika sohasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida» Prezident qarori imzolandi.

Qarorga köra:

👉 2022-yil 1-iyuldan boşlab 2025-yil 1-iyulga qadar:

— ommaviy axborot vositalari foyda soliğini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari böyiça tölaydi, reklama xususiyatiga ega bölgan ommaviy axborot vositalari bundan mustasno;

— Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan, belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxat böyiça olib kiriladigan matbaa uskunalari, zamonaviy foto va radiotelevizion uskunalar hamda qoğoz bojxona bojidan ozod etiladi;

👉 “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrin jamğarmasi quyidagiça köpaytiriladi:

boş milliy mukofot uçun – avtomobil;

birinçi örin uçun – bazaviy hisoblaş miqdorining 200 baravari (60 mln söm);

ikkinçi örin uçun – bazaviy hisoblaş miqdorining 175 baravari (52 mln 500 ming söm);

uçinçi örin uçun – bazaviy hisoblaş miqdorining 150 baravari (45 mln söm);

12 ta rağbatlantiruvçi nominatsiyaning har biri uçun – bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravari (30 mln söm) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 550
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek