OAV va blogerlarga soliq imtiyozi beriş taklif qilindi

Matn10-aprel, 2020, 18:062 daqiqa0 koʻrish

OAV va mass-media vakillariga soliq imtiyozi beriş taklif qilindi

Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov öz Telegram kanalida (@allamjonov_ki) şunday yozmoqda:

«Şu kunlarda Davlat soliq qömitasi va Markaziy bankning qöşma qarori keng muhokama va bahslarga sabab bölmoqda. Albatta soliqçilar doim byudjetni töldiriş xayolida yuradi va bu ularning vazifasi. Lekin adolatli qaror qabul qilişda jamoatçilikning fikrini ham inobatga olgan holda iş tutiş — bugungi Özbekiston borayotgan yöl. Şuning uçun ham barça bilan bamaslahat iş yuritilsin, degan maqsadda regulation.gov.uz kabi portallar yölga qöyilgan. Şunday ekan, uşbu qaror loyihasiga nisbatan keng jamoatçilik tomonidan bildirilayotgan taklif va eʼtirozlar, jumladan xufiyona iqtisodiyotga qarşi kuraş maqsadida qilinayotgan tizim aksinça xufiyona iqtisodiyotni kuçaytirib yuborişi mumkinligi haqidagi munosabatlar inobatga olinadi degan umiddamiz.

Bilmadim, pirovardida bu hujjat qabul qilinadimi yoki yöq, lekin bugun soliq mavzusi muhokama markaziga çiqqanidan foydalanib, mass-media sohasiga oid boşqa bir taklifni ilgari surmoqçiman.

COVID-19 pandemiyasi natijasida köplab sohalar kabi ommaviy axborot vositalari ham moliyaviy muammolarga duç kelmoqda. Vaqt ötişi bilan bu muammolar kattalaşsa kattalaşadiki, lekin ijobiy tomonga özgarişi dargumon. Mana şunday şaroitda ularni qöllab-quvvatlamasak, söz erkinligining tayançi bölgan köplab OAVlar yopilib ketişi mumkin. Şunga köra, ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarga (bevosita blogerlik faoliyatida olgan daromadiga nisbatan) soliq imtiyozlari berişni taklif qilaman.

Ha, töğri, oddiy kunlarda har qanday soliq imtiyozini aksariyat ekspertlar iqtisodiy nuqtai nazardan maʼqullaşmaydi, bunga qarşi çiqişadi. Lekin butun dunyoda katta iqtisodiy inqiroz kutilayotgan bir davrda deyarli barça davlatlar iqtisodiy tanglikka uçragan turli sohalarni qöllab-quvvatlayotganini ham unutmasligimiz kerak. Va men bugun alohida xavotir bilan taʼkidlamoqçimanki, mass-media sohasi ham ana şunday inqirozga uçramoqda.

Yangi Özbekistonning muhim va ajralmas qismi bölgan ommaviy axborot vositalarini saqlab qoliş uçun birgalikda harakat qilişga barçani çorlab qolaman.»

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek