Tölovlarni öz vaqtida amalga oşiriş böyiça tavsiyalar
Bugungi işni ertaga qöymang. Agar imkoningiz bölsa...
Hozirgi pandemiya şaroitida davlat tomonidan tadbirkorlar va fuqarolarga bir qator imtiyozlar va qulay şaroitlar joriy etilmoqda. Masalan, moliyaviy qiyinçilikka duç kelganlar uçun kredit tölovlari 1-oktabrga qadar keçiktirildi, internet yoki simli telefon xizmatidan qarz bölsa ham tarmoqdan uzmaslik belgilandi, tadbirkorlar va fuqarolarga ayrim soliq imtiyozlari berildi hamda soliqlarni tölaş muddatlari keçiktirildi va h.k.
Muhim tomoni, uşbu imtiyozlarning aksariyatiga eʼtibor qilsangiz, tölovga imkoniyati yöqlar haqida gap bormoqda. Yaʼni haqiqatdan karantin sababli daromadidan butunlay ayrilgan, faoliyatini töxtatgan yuridik va jismoniy şaxslar uçun bu katta yordam böladi. Ammo oramizda bugun moliyaviy imkoniyati bölsa ham, tölovlarni keçroq tölaşni reja qilayotganlar ham yöq emas.
Agar yodingizda bölsa, biz avval ham internet/telefon qarz bölsa ham uzib qöyilmasligi haqida xabar çiqqanda, şaxsiy maslahatimizni aytgan edik. Bugun şu döstona maslahatni yana takrorlamoqçimiz, maʼqul kelsa qabul qilarsiz.
✅ Tölovga bugun imkoniyatingiz bormi, unda ertaga qoldirmasdan kreditni ham, soliqlarni ham, kommunal tölovlarni ham, internet uçun xizmat haqini ham öz vaqtida tölab qöyavering.
Birinçidan, bu özingiz uçun foyda. Karantinlar tugagaç, hamma qarzlaringiz yiğilib, juda katta summa bölib ketsa, aksinça hozirgidan ham qiynalib qolasiz. Faqat bugunni emas, ertani ham öylaş kerak.
Ikkinçidan, bu işingiz, yaʼni imkoniyatingiz bölgan holda kreditlarni, soliqlarni, kommunal va boşqa tölovlarni öz vaqtida oldingidek tölaşingiz, hozirgi qiyin va murakkab şaroitda davlat byudjeti uçun, boşqaça aytganda öz-özidan xalqimiz uçun katta yordam va tirgak bölar edi. Koronavirusga qarşi kuraşiş, uning oldini oliş, minglab yurtdoşlarimizni karantinda uşlab turiş, bemorlarni davolaş, muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlaş, oziq-ovqat bilan taʼminlaş kabi katta masştabli işlar uçun albatta katta pul kerak. Böş qop tik turmaydi axir. Agar imkonimiz böla turib, tölovlarni keçiktiraversak, oxir-oqibat buning tölqini özimizga qaytib keladi;
Uçinçidan, bu işingizni yaxşilikka tenglaştiriş ham mumkin. Hozir körib turibmiz, qiynalgan oilalarga, muhtoj yurtdoşlarimizga köpçilik xayr-ehsonlar ulaşib, ularga yordam berişga harakat qilmoqda. Ehson, bu – köngildan çiqarib ortiqça, közda tutilmagan tölovlarni amalga oşiriş degani. Yaʼni ehson qilişga heç kim majbur emas. Lekin bir öylab köring, Siz ehson qilmasdan ham muhtojlarga yordam berişingiz mumkin. Buning uçun moliyaviy imkoningiz bölsa, qarzlaringizni (❗️) tölasangiz, yaʼni majburiyatlaringizni öz vaqtida bajarsangiz kifoya!
Xullas, şunaqa gaplar. Bu şunçaki döstona maslahat edi, qaror qabul qiliş özingizdan.
P.S.: yana qaytaraman, bu maslahatlarim moliyaviy imkoni bor tadbirkorlar va fuqarolarga qaratilgan. Haqiqatdan qiyinçilikka duç kelgan, daromadidan ayrilgan yurtdoşlarimiz esa davlat tomonidan berilgan imtiyozlardan tölaqonli foydalanişlari mumkin.
Tezroq bu balolar daf bölsin, deb duodamiz.
👉 @xushnudbek 👈

