Özbekistonda koronavirusdan törtinçi ölim holati qayd etildi

Matn11-aprel, 2020, 23:531 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Törtinçi ölim: Umra safaridan qaytgan farğonalik bemor vafot etdi

Soğliqni saqlaş vazirligining xabar qilişiça, koronavirus aniqlangan yana bir yurtdoşimiz vafot etdi.

Farğona viloyati Yozyovon tumanida yaşovçi, Umra safarida bölib qaytgan 59 yoşli fuqaro N.da joriy yil 25-mart kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangaç, viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan edi. Bemor (ayol) şu yili 31-mart kuni sunʼiy nafas oliş apparatiga ulangan. Bemorda öpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, gipertoniya 3-bosqiç, arterial gipertenziya 3-daraja, xavf öta yuqori bölganligi sababli kasallik oğir keçib, u 12 kun davomida sunʼiy nafas oliş apparatida bölgan.

Joriy yil 11-aprel kuni keçki payt bemorning ahvoli keskin yomonlaşa boşlagan. Unga qator soha mutaxassislari tomonidan ötkazilgan şoşilinç reanimatsion muolajalar körsatilgan. Lekin standart asosida olib borilgan çora-tadbirlarga qaramasdan bemor N.da ötkir respirator disstres sindrom, ötkir nafas yetişmovçiligi hamda öpka-yurak yetişmovçiligi natijasida biologik ölim qayd etildi.

Hamyurtimizni Alloh öz rahmatiga olgan bölsin. Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun.

Qolgan bemorlarga özi şifo bersin. Tezroq soğayib, oilasining bağriga qaytişsin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek