Samarqandda koronavirusdan ön törtinçi ölim qayd etildi

Matn26-may, 2020, 23:061 daqiqa0 koʻrish

⚡️Ön törtinçi ölim: koronavirusga çalingan samarqandlik vafot etdi

Samarqandlik I. şu yilning 19-may kuni viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazida oğir ahvolda yotqizilgan. Ötkazilgan tahlillar natijasida unda “Covid-19” infeksiyasi tasdiqlangan. Paxtaçi tumanida yaşovçi 63 yoşli (erkak) uşbu bemor 3 yildan buyon I-guruh nogironi bölib, surunkali buyrak yetişmovçiligi va anemiya oğir darajasi taşxisi bilan dispanser nazoratida turgan. 2017-yildan buyon doimiy gemodializ muolajasini olib kelgan.

Şu yilning 25-may kuni bemorning ahvoli yomonlaşgan, burundan va içki qon ketiş belgilari paydo bölgan va reanimatsiya bölimiga olingan.

Biroq körsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sunʼiy nafas oliş apparatida bölgan bemor ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgan.

Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek