Şifokorga nisbatan oçilgan jinoyat işi bekor qilindi
Boş prokuratura tomonidan şifokorga nisbatan oçilgan jinoyat işi bekor qilindi
Avvalroq Samarqand viloyatida fuqaro X.D.ga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilayotganligi töğrisida xabar berilgan edi. Unda samarqandlik tibbiyot xodimi tibbiy tekşiruvlardan ötmasdan 34 nafar kişiga koronavirus infeksiyasini yuqtirişga sababçi bölganligi aytilgandi.
Mazkur holat yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligi X.D.ga nisbatan jinoyat işi qözğatiş töğrisidagi qarorni asossiz, deb hisoblab, vazir Alişer Şadmanov Özbekiston Respublikasi Boş Prokuroriga şifokorga nisbatan jinoyat işi qözğatiş töğrisidagi qarorni bekor qiliş masalasining körib çiqilişini sörab murojaat yöllagan edi.
Bugun uşbu murojaat yuzasidan Boş prokuratura tomonidan javob xati keldi.
Unda qayd etilişiça, Boş prokuratura mazkur jinoyat işi hujjatlarini örganiş jarayonida X.D.ga nisbatan töplangan hujjatlar böyiça olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari har tomonlama, sinçkovlik bilan ötkazilmasdan, barça holatlar töliq tekşirilmasdan, şoşma-şoşarlik bilan barvaqt jinoyat işi qözğatiş töğrisida qaror qabul qilinganligini aniqlagan.
Şunga köra, Samarqand viloyat Içki işlar boşqarmasi huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan X.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatiş haqidagi qaror Boş prokuratura tomonidan bekor qilingan.
Murojaat Boş prokuratura tomonidan çuqur örganilib, tezkorlik bilan ijobiy hal qilinganligi şifokorlarimizni quvontirişi, öz kasbiga nisbatan yana-da masʼuliyat bilan yondaşib, faoliyat yuritişlariga zamin yaratişi şubhasiz.
Soğliqni saqlaş vazirligi Boş prokuratura tomonidan bugungi sinovli kunlarda fidoyi tibbiyot xodimlarining qahramonlarça faoliyatini qadrlab, adolatli qaror qabul qilganligini eʼtirof etib, adolat posbonlari bölmiş, prokurorlarimizning haqiqatni qaror toptiriş yölidagi şarafli va maşaqqatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.
👉 @xushnudbek 👈

