Birinçi va ikkinçi darajadagi qarindoşlar kimlar
Mustaqil dars: birinçi va ikkinçi darajadagi qarindoşlar kimlar?
Köpçilik propiska mavzusida gap ketsa, qonunda tilga olingan birinçi va ikkinçi darajadagi qarindoşlar kimlar, deb savol beradi. Hozir uşbu savolga javob bermoqçiman.
Aslida bu savolga javob berişim juda oson. Şunçaki, falonçi-falonçilar desam, böldi. Ammo keling, yaxşisi uşbu savolga mustaqil ravişda qanday qilib javob topiş mumkinligini ham tuşuntirib ketaman. Umid qilamanki, hozir aytganlarim kelgusida boşqa şu kabi savollar paydo bölsa, imkon qadar özingiz javob topişingizga yordam beradi.
Google degan qidiruv tizimi haqida yaxşi bilsangiz kerak. Xullas, qaysidir savolga javob qidirmoqçi bölsangiz, avval şu saytdan sörab köring. Uning bilmagan narsasi kam.
Demak, biz hozir birinçi va ikkinçi darajadagi qarindoşlarga kimlar kirişini bilmayapmiz. Buni aniqlaş uçun quyidagi işlarni qilamiz:
1️⃣-qadam: Google.com saytida «birinçi va ikkinçi darajadagi qarindoşlar» deb qidiruvga (poisk, search) beramiz. Şunda quyidagi natijalar çiqadi (1-rasmga qarang).
2️⃣-qadam: çiqqan javoblarni birin-ketin öqib köramiz. Eng töğri keladigan sahifalar odatda eng tepada çiqadi. Birinçidagi saytni oçib köramiz (2-rasmga qarang). Bu sahifada aynan savol-javob körinişida maʼlumot berilgan ekan. Va javobning birinçi xatboşisidayoq kimlar töğri şajara böyiça, kimlar yon şajara böyiça, kimlar birinçi, kimlar ikkinçi darajali qarindoşlar ekanligiga aniq javobni öqişingiz mumkin. Agar sinçiklab, diqqat bilan öqisangiz, barçasi qonunçilik böyiça töliq tuşuntirilgan.
3️⃣-qadam: yanada işonçli bölişi uçun çiqqan javoblar orasidan 2-örinda turgan Xorazm viloyat adliya boşqarmasining saytidagi maʼlumotga ham kirib köramiz. U yerda ham biz qidirayotgan savolga javob berilgan (3-rasmga qarang).
4️⃣-qadam: yana ham qöşimça maʼlumot kerak bölsa, unda qonunning özidan öqib köramiz. Yuqoridagi maʼlumotlarda Oila kodeksining 57 va 58-moddalarida qarindoşlik haqida qoidalar borligini bilib oldik. Endi Oila kodeksini oçib köramiz. Buning uçun yana bizga Google yordam beradi va biz «Oila kodeksi» deya qidiruvga beramiz (4-rasmga qarang).
5️⃣-qadam: birinçi çiqqan taklifni, yaʼni Lex.uz portalidagi havolani bosib, Oila kodeksini oçamiz va qarindoşlik haqida yanada köproq maʼlumotlarni rasmiy manbadan öqib olamiz (5-rasmga qarang).
✅ Xullas, körib turganingizdek «birinçi va ikkinçi darajadagi qarindoşlarga kimlar kiradi?» degan savolga heç kimning yordamisiz, mustaqil ravişda uzoği 5 daqiqa içida javob topa oldik. Buning uçun ozgina hafsala qilsak va biroz internetda işlaş könikmasiga ega bölsak kifoya.
❓Savolning javobiga kelsak, qarindoşlar töğri va yon şajaraga bölinadi. Töğri şajaraning özida darajalar bor.
Töğri şajara böyiça birinçi darajali qarindoşlar – ota-ona va farzandlar;
Töğri şajara böyiça ikkinçi darajali qarindoşlar – bobo-buvi va nabiralar.
Doimiy röyxat (propiska) masalasida gap ketsa, mana şu qarindoşlar tuşuniladi.
Toşkentda propiskasi bor fuqarolar aka-uka yoki opa-singillarini propiskaga olib kira olmaydilar, çunki ular töğri şajaraga kirmaydi (bu haqda Google çiqarib bergan maʼlumotlarda ham yozilgan).
‼️Maslahatim: Google yoki şu kabi qidiruv tizimlaridan foydalanib turing, şunga köniking. Maʼlumotlarni mustaqil izlaş, topiş, tahlil qiliş, soliştirişga örganing. Bu muşkulingizni ança osonlaştiradi. Salomat böling.
👉 @xushnudbek 👈


