Propiskani oğzaki buyruq bilan rad qilişsa nima qiliş kerak

Matn15-aprel, 2019, 13:061 daqiqa0 koʻrish

Propiskani oğzaki buyruq bilan rad qilişsa, qanday yöl tutmoq kerak?

Quyidagi maqolada davlat organlari «yuqoridan» beriladigan oğzaki topşiriqlar tufayli qonunda belgilangan MAJBURIYATINI bajarişni rad qilsa, qonun doirasida qanday yöl tutiş kerakligi haqida batafsil maʼlumot beramiz.

Yanada aniqroq aytadigan bölsak, bir neça kişi qöşilib, yangi uy sotib olgan, lekin propiskaga kira olmayotgan fuqarolarga 4 ta qadamdan iborat maslahatlar berilgan.

Garçi quyida keltiradigan misollarimiz faqat propiska haqida bölsa ham, lekin unda berilayotgan taklif va maslahatlarni istalgan şunga öxşaş vaziyatda bemalol qöllaş mumkin. Qaysi masala, qaysi soha bölmasin, noqonuniy qarorlarga qarşi ana şunday kuraşsak, bu eng töğri yöl bölar edi.

Muştariylarga qulay bölişi va advokat uçun qöşimça xarajat qilib yurmasligi uçun, maqolaga murojaat matnlari va sudga kiritiladigan ariza namunalarini ilova qilib qöşib qöydim. Faylni yuklab olib, undagi kerakli maʼlumotlarni özgartirib çiqsangiz böldi, arizalar tappa-tayyor!

Bir narsani unutmang: HAQ OLINUR, BERILMAS!

Haqqingizni talab qiliş uyat yoki jinoyat emas. Aslida noqonuniy topşiriq berayotganlar uyalsin. Qonuniy huquqlaringizni röyobga çiqarişda barçangizga omad tilayman.

https://kun.uz/news/2019/04/15/propiskani-ogzaki-buyruq-bilan-rad-qilishsa-qanday-yol-tutmoq-kerak

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek