Oilali farzandlarni Toşkentga propiskaga qöyiş tartibi
Propiskaga faqat öz oilasi bölmagan farzandlarni olib kiriş mumkinmi?
assalomu aleykum. Toshkentda propisjka haqida maqolangizni o'qib chiqdim. Shu masala bo'yicha savolim bor edi. Toshkentdan yangi qurilgan uyni Dadam nomlariga oldik. Oilada 5 qizmiz. Ikkita kotta opam turmushga chiqishgan. Olmazor Pasport stolida turmushga chiqqan farzandlarga propiska yoq deyishdi. Natijada faqat uchtamiz propiskaga kirdik. Ammo propiska ikkita opamga kerakroq. Ularni qanday qilib propiskaga kiritsa bo'ladi? Iltimos, javob bersangiz. Oldindan rahmat
JAVOB: Köpçilik insonlarning huquqiy bilimi yetarli emasligi, judaaa unaqa katta fojia emas, lekin eng yomoni davlat xizmatçisi bölgan ijroçilarning özi qonunni bilmasa, bu - dahşat! Çunki bunday vaziyatda huquqini zör biladiganlar ham kursida ötirgan amaldor qarşisida muammoga duç keladi. Kamida özining haqligini isbotlaş uçun sarson böladi, yozuv-çizuv qilib umri ketadi.
Bu bilan nima demoqçiman? Yuqoridagi vaziyatda ham qonun-qoidalarni yaxşi bilmagan ijroçilar fuqarolarni sarson qilmoqda.
Aslida qanaqa bölişi kerak?
Öz oilasi bölmagan farzandlarini propiska qiliş qoidasi bu yerda notöğri talqin qilinmoqda.
Eʼtibor beriş kerakki, faqat öz oilasiga ega bölmagan farzandinigina propiskaga olib kiriş mumkinligi haqidagi qoida 5-bandga hamda 9 - 12-bandlarga taalluqli.
Yaʼni eri xotini orqali (yoki aksinça) doimiy propiskaga kirsa, unda öşa 5-band bilan propiska olgan er özining barça farzandlarini propiskaga olib kirolMAYdi, faqat öz oilasiga ega bölmagan farzandlarinigina 2-band bilan propiskaga olib kirişi mumkin.
Xuddi şu qoida 9, 10, 11 va 12-bandlarga ham taalluqli. Ular ham faqat öz oilasi bölmagan farzandlarini olib kirişi mumkin.
Lekin köpçilik buni barça bandlarga taalluqli deb öylaydi va adaşadi.
Toşkentdan yangi uy sotib olgan fuqaro 1-band bilan propiskaga kiradi (huquqiy asos: Nizomning 7-bandi).
Şundan söng, ular özining töğri şajara böyiça birinçi va ikkinçi darajadagi barça qarindoşlarini 2-band bilan propiskaga olib kirişi mumkin (huquqiy asos: Nizomning 7-2-bandi).
Yaʼni Toşkentdan yangi uy sotib olganlar özlarining barça farzandlarini, ularning öz oilasi bor yoki yöqligidan qatʼi nazar, 2-band bilan propiskaga olib kirişi mumkin.
Masalan, 80 yoşga kirgan otaxonning nomiga Toşkentdan yangi uy olişsa, öşa otaxon özining barça farzandlarini (ularning yoşi 60 da bölsa ham farqi yöq) hamda barça nabiralarini (ularning soni 30 nafardan köp bölsa ham farqi yöq) 2-band bilan propiskaga olib kiriş huquqiga ega.
Agar pasport stol “ğing” deb rad javobini bersa, bemalol ularning ustidan Içki işlar vazirligiga şikoyat qilişingiz mumkin.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 1
