OTMlarga hujjat topşirişning yangi tartibi belgilandi
Joriy yilda hujjatlar qabul qiliş tartibi qanday böladi?
Keça bölib ötgan «Munosabat» tok-şousida bu böyiça ham izoh berildi.
Davlat xizmatlari agentligi bölim boşliği Uluğbek Mahmudov qabul jarayonlariga oid quyidagi maʼlumotlarni maʼlum qildi:
👉 qabul jarayoni vaqtida davlat xizmatlari markazlari 3 smenada, tanaffuslarsiz, tunu kun 24 soat faoliyat yuritadi va abituriyentlardan hujjatlarni qabul qiladi;
👉 davlat xizmatlari markazlarida quyidagilar uçun hujjatlar qabul qilinMAYdi: magistratura, sirtqi taʼlim, xususiy OTMlar hamda harbiy taʼlim muassasalari. Qolgan hamma OTMlarga hujjatlar qabul qilinadi;
👉 hujjat topşiriş uçun faqat pasport hamda diplom (şahodatnoma) bölsa kifoya. Joriy yildan boşlab tibbiy maʼlumotnoma (086-forma) hamda 3x4 rasm topşiriş şart emas!;
(bu haqida ötgan yili “Abituriyentlardan olinadigan milliardlar kimlarning çöntagiga tuşmoqda?” degan maqola ham yozgan edim)
👉 joriy yildan boşlab abituriyentlar pasporti va diplomining aslini faqat körsatadi, röyxatdan ötib bölgaç, hujjatlarini özi bilan qaytarib olib ketadi. Avvalgi yillarga öxşab, hujjatlarining aslini qoldirib, öqişga kira olmagaç, arxivlardan hujjatini qaytarib oliş uçun sarson bölmaydi;
👉 hujjatlar qabul qiliş 2 bosqiçda amalga oşiriladi:
1-bosqiç: avvalgi yillarda “öqişdan yiqilgan” abituriyentlarning hujjatlari 1-maydan 20-iyungaça qabul qilinadi;
2-bosqiç: test yilida öqişni tugatgan bitiruvçilardan esa 21-iyundan 10-iyulgaça hujjatlar qabul qilinadi;
👉 navbatda turişni istamagan abituriyentlar hujjatlarni onlayn tarzda Yagona portal orqali ham topşirişi mumkin böladi. Faqat quyidagi toifa abituriyentlargina onlayn hujjat topşira olmaydi:
- alohida imtiyozga ega bölgan abituriyentlar (yaʼni turli mukofot sohiblari, olimpiada ğoliblari va h.k.);
- fuqarolik pasporti bölmagan şaxslar (masalan, 16 yoşga tölmaganlar);
- fuqaroligi bölmagan şaxslar.
👉 davlat xizmatlari markazi orqali hujjat qabul qiliş xarajatlarini qoplaş uçun abituriyentlardan EKIH 10% miqdorida tölov undiriladi (bugungi kunda 20 ming 273 söm). Bu tölov hammadan olinadi va bu tölovni oldingi öquv yilida bitirganlardan oliş taklif etilayotgan EKIH 1 barobari miqdoridagi tölov bilan adaştirmaslik kerak. U boşqa mavzu.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
