OTMlarga qabul va abituriyentlarni röyxatga oliş boşlanadi
⚡️ Barça abituriyentlar diqqatiga: ertadan qabul boşlanadi!
Ertaga, 20-iyun kuni 2021-2022-öquv yili uçun OTMlarning bakalavriat taʼlim yönalişlariga abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş boşlanadi. Bu haqda DTM xabar bermoqda.
✅ Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan ötkazib, pasport maʼlumotlari, doimiy yaşaş manzili va tugatgan taʼlim muassasasi böyiça maʼlumotlarni kiritişlari, şuningdek, imtiyozlari mavjud bölsa, ularni tekşirişlari hamda çet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bölsa, sertifikat maʼlumotlarini kiritişlari mumkin.
❗️ Taʼlim yönalişlarini esa 2021-2022-öquv yili uçun OTMlarga kvotalar belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan söng tanlaş mumkin böladi. Ertaga bunday imkoniyat bölmaydi.
📲 Abituriyentlarni röyxatga oliş DTMning my.dtm.uz sayti va Yagona portal (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oşiriladi.
Röyxatga oliş 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20-iyulga qadar öz maʼlumotlarini özgartirişlari hamda çet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega böladigan bölsa, sertifikat maʼlumotlarini kiritişlari mumkin böladi.
👉 @xushnudbek 👈


