Özbekistonda OTMlarga abituriyentlarni qabul qiliş boşlandi
⚡️ Çala qabul boşlandi, kvotalarni tasdiqlaşga baribir ulgurişmadi
Mana, 20-iyun ham keldi. Soat millari 00:01 ni körsatmoqda. Prezident qaroriga köra, bundan buyon OTMlarga qabul 20-iyundan 20-iyulgaça davom etadi.
Boşqaça aytganda bugundan abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş boşlanadi.
DTMning xabar berişiça, abituriyentlarni röyxatga oliş ötgan yillardagidek my.dtm.uz sayti yoki my.gov.uz portali orqali amalga oşiriladi (sizlarga DTM saytidan röyxatdan ötişni maslahat beraman).
Ammo hozirda tölaqonli röyxatdan ötişning imkoni yöq. Çunki Davlat qabul komissiyasi hali kvotalarni tillar kesimida tasdiqlamadi, bundan taşqari moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarning kontrakt kvotalari ham tasdiqlangani yöq. Yaʼni garçi Prezident qarorida umumiy kvotalar tasdiqlangan bölsa-da, lekin özbek, rus, qoraqalpoq va boşqa tillarga neçta joy berilişi aniq emas, busiz abituriyentlar yönaliş tanlay olmaydi.
Demak, hozir abituriyentlar faqatgina pasport maʼlumotlari, doimiy yaşaş manzili va tugatgan taʼlim muassasasi böyiça maʼlumotlarni kiritişlari, şuningdek, imtiyozlari mavjud bölsa, ularni tekşirişlari hamda çet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bölsa, sertifikat maʼlumotlarini kiritişlari mumkin.
Lekin 5 ta yönaliş tanlay olişmaydi. Qaçon kvotalar tillar kesimida tasdiqlansa, şundan keyingina yana bir marta saytdagi şaxsiy profiliga kirib, qaysi OTMlarga topşirmoqçiligini belgilaşlari kerak.
Xullas, hozir ayni daqiqalardan qabul boşlandi. Lekin bu çala qabul. Tölaqonli qabul boşlanganda yana qöşimça xabar beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2194

