Özbekiston yoşlar terma jamoasi finalda mağlub böldi
Yutqazdik. Qayerda? Finalda! Finalda kimlar yutqazmagan. Saudiya haqiqatdan ança kuçli ekan. Butun çempionat davomida birorta gol ötkazmagan terma jamoa kuçliligi aniq-da.
Har mağlubiyat keyingi ğalabalar uçun deboça. Xulosa çiqariş uçun tajriba.
Lekin oçiği, yutqazganimiz ham yomon bölmadi. Sababi uşbu terma jamoaning asosiy vazifasi 2 yil keyin Parij-2024 olimpiadasiga çiqiş. Agar hozir çempion bölişganida biz doimgidek yigitlarimizni super yulduzga aylantirib, tadbirma tadbir sudrab, mahallama mahalla gastrolda olib yurib, çiqmagan tok-şousiyu, bormagan konserti qolmasdan, hatto “Yor-yor” yoki “Mening qaynonam general” degan körsatuvlargaça çiqardi. Maşğulotlar çala-çulpa bölib, motivatsiya tugardi. Biz bunaqa çempionlarni kötar-kötar qilib “öldirişni” juda yaxşi eplaymiz.
Hali bu yigitlar bilan Olimpiada, Jahon çempionatlariga çiqişimiz kerak. Öşançun balki yutqazgani hikmatli bölgandir.
Mayli, nima bölsa ham, yigitlarimizga katta rahmat! Bizga olam-olam quvonç va hayajon taqdim etişdi.
Baraka topinglar! Ösişdan töxtamanglar, burningiz kötarilib ketmasin. Hali hammasi oldinda.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 6908


