OTMlarga qabul kvotalari yana keçikdi
❗️Bugun qabul boşlanişi kerak edi, ammo kvotalar yana keçikdi
Amaldagi qonunçilikka köra, har yili OTMlarga hujjat topşiriş 15-iyundan, yaʼni bugundan boşlanişi kerak edi. Lekin kvotalar hali eʼlon qilingani yöq.
Demak, 2022-yil ham kvotalar keçikkan yil sifatida tarixga kiradi.
Umuman olganda, bu Özbekiston uçun yangilik emas. Bunaqasi ilgari ham köp bölgan va bu ketişda hali yana köp bölsa kerak. Uzoqqa bormaymiz, masalan, ötgan yili qabul kvotalari 22-iyun kuni tasdiqlangandi. Yaʼni rasman qabul boşlanişi kerak bölgan sanadan 1 hafta keçroq. Şu sababli qabul muddati ham 22-iyundan 22-iyulga qadar deb uzaytirilgandi.
Joriy yilda ham kvotalar keçikayotgani sababli qabul muddatlari uzaytirilsa kerak.
Hozirça abituriyentlar va ularning ota-onalariga sabr tilab, yana biroz kutib turişlarini söraymiz.
Eʼtiboringizga 2010-yildan buyon qabul kvotalari tasdiqlangan sanalar röyxatini taqdim etamiz:
🟢 2010-yil — 28-may
🔴 2011-yil — 4-iyul
🟢 2012-yil — 7-may
🟢 2013-yil — 11-iyun
🔴 2014-yil — 26-iyun
🔴 2015-yil — 23-iyun
🟢 2016-yil — 26-may
🟢 2017-yil — 5-may
🟢 2018-yil — 4-iyun
🔴 2019-yil — 17-iyun
🟢 2020-yil — 12-iyun
🔴 2021-yil — 22-iyun
🔴 2022-yil — ?????
👉 @xushnudbek 👈
- 😱 1985


