Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Internetdagi yangi firibgarlik sxemalaridan ogoh böling

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalAlbom2 daqiqa0tahrirlangan
Zakovat 2022 номидан 30 миллион сўм ютуқ ваъда қилинган сохта сайт скриншоти устига Fake деб ёзилган
Uzbekistan Airways номидан 3 миллион сўм ютуқ ваъда қилинган фирибгарлик сайтининг бир нечта скриншоти
Uzneftgaz ICT Developers номидан 1000 доллар ютуқ ваъда қилинган сохта акциянинг скриншотлари

Ehtiyot böling, navbatdagi firibgarlar!

Sodda odamlarni internet orqali topiş va aldaş juda oson. Ayniqsa, "tekin pul yutding" deyilsa böldi, kamida ming kişi qarmoqqa ilinadi.

Avvallari Click, Samsung, Paynet va yana boşqa kompaniyalar aksiya ötkazyapti, siz sovrin yutdingiz, deb köp odamlarni aldaşgandi.

Keyinçalik yoş bolali oilalarga yoki vaksina olganlarga tekin pul berilyapti, deb aldaşdi.

Oxirgi kunlarda trendga çiqayotgan yolğonlar quyidagilar:

1️⃣ Zakovat klubi savollariga javob bering va 30 mln söm yutib oling, degan yolğon. Işonarli çiqişi uçun sizga oson savollar berişadi va qanday javob berişingizdan qatʼi nazar, ğolib böldingiz, pulingizni oling deyişadi. Ammo bu — yolğon!

2️⃣ Uzbekistan Airways kompaniyasi aksiyasida ğolib böldingiz, deb aldaşmoqda.

3️⃣ Uzneftgaz ICT Developers aksiyasida 1000 dollar yutdingiz, deb aldaşmoqda.

❗️Firibgarlar tuzoğiga ilinib qolmang! Sizdan plastik kartangiz maʼlumotlarini kiritişni söraşadi va şu zahoti barça pulingizni yeçib olişadi. Ogoh böling.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1038
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek