Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Internetdagi firibgarlik tuzoqlaridan ehtiyot bo'ling

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalAlbom2 daqiqa0tahrirlangan
Meros fondi va pul o'tkazmasi haqidagi shubhali elektron xat skrinshoti
Investitsiya va loyihalarni moliyalashtirish taklifi ko'rinishidagi spam xat skrinshoti

Yana öşa gap

➖Mana bunaqa xatlar olsangiz, darrov hovliqib, milliarder bölib ketdim deb öylamang. Sizga xorijdan heç kim bir tiyin ham pul yubormaydi. Çet elda siz tanimagan birorta boyvaçça qarindoşingiz ham yöq, bölgan taqdirda ham merosini sizga qoldirmaydi, işonavering.

➖Kimdir "katta biznesmenman, xorijda kompaniyam bor, menga şerik böl, foyda zör qoladi, işonişing uçun boşida atigi 100 dollar tiksang böldi" desa ham işonmang. Mingta sizga öxşagan şunaqa sodda odamni aldasa, 100 ming dollar böladi.

➖Kimdir Facebook yoki Instagram'dan sizga xorijiy xayriya fondida işlayman, menga yordaming kerak, Özbekistonga katta pul yubormoqçiman, desa ham "savob böladi" deb darrov yugurib ketmang. Katta fondlar xayriya yubormoqçi bölsa, nima qiliş kerakligini yaxşi bilişadi, sizdan sira yordam sörab ötirmaydi, özingizga yuqori baho berib yubormang.

✅Xullas, internetdagi har qanaqa xabarga ham işonavermang. Sal öylang. Boşimiz va uni içidagi miyamiz işlatiş uçun bizga berilgan, şunçaki kötarib yuriş uçun emas.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1133
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek