BankirBot firibgarligi haqida ogohlantirish

Matn25-dekabr, 2018, 13:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​«BankirBot»ga aldanayotgan yurtdoşlarimiz haqida

Oramizda sodda insonlar köp. Tabiiyki, bundan foydalanuvçi firibgarlar ham yetarliça.

Masalan, haligaça elektron poçtaga Liberiya yoki Afrikaning yana qaysidir bir davlatidan keladigan xatlarga işonişadi. U xatlarda yoki qandaydir siyosiy qoçoq bankdagi falon million dollarini unga bermoqçi ekanligini aytiladi yoki qandaydir tanlovlarda özidan-özi yutuq çiqqani yoziladi. Bu axir 20 yil oldingi firibgarlarning eski usuliku, nahotki haligaça şunga işonsangiz, a? (menga kelgan xatning suratini pastda ilova qilaman)

Şu pulni oliş uçun hujjatlarni rasmiylaştirişga ozgina xarajat ketadi, öşançun falonça pulni bizga yubor, keyin Senga 1 mln dollar ötkazib beramiz, deyişadi. Pulni oladiyu, qarabsizki, 1ta Prado, 2ta Malibu, 3ta Kaptiva, Toşkent Sitidan kvartira, Böstonliqdan daça haqidagi orzular çippakka çiqadi.

Yaqinda Telegramda BankirBot degan bitta narsa çiqdi. Nima emiş, birorta döstingiz Siz orqali botga aʼzo bölsa, Sizga 3 dollar berarmiş. Biror kanaldagi bitta postni majburan körsangiz, Sizga 2 dollar berarmiş. Bot tavsiya qilgan birorta kanalga aʼzo bölsangiz, 1 dollar olarmişsiz.

Naqadar zör! Belni oğritmay jaraq-jaraq pul topişning bundan oson yöli yöq-ku, töğrimi?!

Afsuski minglab insonlar şunaqa öylayapti. Özimga ham juda köp linklar yuborişdi. Gruppalarku BankirBotga tölib ketdi. Eh, bunçalar sodda bölmasangiz-a...

BOTNING FIRIBGARLIGI NIMADA?

Botda 100 dollar işlaganingizdan keyin, pulni yeçib olişingiz mumkinligi aytiladi. 100 dollar işlaş uçun Siz ularning qançadan-qança reklamalariga tekin işçi sifatida işlab berasiz. Ular şundan pul topişadi.

Xöp, pulni berişsa böldimasmi, reklama qilsak qilibmizda, demoqçimisiz? Şoşilmang.

Pulni olişga kelganda Sizni özingizni “kiydirişadi”. BankirBotda 100 dollardan köp pul işlagan va pulni olişga urinib körgan bir döstimizning hikoyasi:

Pul miqdori 100$ dan oshgandan keyin pulni Qiwi orqali yechishga qaror qilindi. Yechmoqchi bo’linganda sizni to’lov tizimingiz rubl bilan ishlar ekan pulni konvertatsiya qilish uchun 70 rubl (1$) to'lang deyishdi, to'landi.

2-urinishda endi “sizni to'lov tizimingiz sizni verifikatsiya qilmagan ekan, shuning uchun 95 rubl to'lang, keyin 95 rublni qolgan pulizga qo'shib qaytarib beramiz” deyishdi, to'landi.

3-urinishda “to'lov tizimi xizmatlari uchun 200 rubl to'lang deyishdi”, to'landi.

4-urinishda “pulni yechib olish uchun elektron raqamli imzo sotib olishingiz kerak” deyishdi, elektron raqamli imzo 290 rubl turar ekan va shu yerda firibgarlarga boshqa to'lanmaslikka qaror qilindi.

Qayta aloqaga yozilgan xabarlarning hammasi befoyda bo'ldi, javob berishmadi.

Köpçilik hamma tölovni qilib ham, hozirgaça kutib yurganini, heç qanaqa pul tuşmaganini, ular esa dom-daraksiz yöqolib ketişganini yozişmoqda.

Xullas, ulardan pul olaman deb ovora bölmanglar. Unutmang, tekin pişloq faqat qopqonda böladi! Sodda bölmang.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek