Içki işlar vazirligining bayroği va emblemasi tasdiqlandi

Matn25-dekabr, 2018, 11:002 daqiqa0 koʻrish

​​Keça, 2018-yil 24-dekabr kuni, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Içki işlar vazirligining bayroği va emblemasi tasdiqlandi.

Emblema menga yoqdi. Geraldik belgining tavsifi:

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi geraldik belgisi – emblemasi çetlari bronza rangda hoşiyalangan halqali töq kumuş aylana körinişiga ega. Içki çiziq markazida hayotiy kuçni ifodalovçi qizil rangli yöl-yöl çiziq tuşirilgan.

Halqali çiziqning tepa qismida bronza rangli töğri bosma harflarda lotin alifbosida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, pastki qismida “ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI” sözlari yozilgan. Yozuvlar qatʼiyat, matonat va şon-şarafni ifodalovçi ikkita sakkiz qirrali yulduz bilan bir-biridan ajratilgan.

Aylana örtasida Amir Temur qöşinlari tomonidan foydalanilgan hamda içki va taşqi tahdidlardan himoyani ifodalovçi doirasimon qalqon tasvirlangan. Qalqon markazida doira içiga çizilgan öngga aylanişni aks ettiruvçi oktogramma bölib, u tartib, muvozanat va kamolotga yetişişni anglatadi. Qalqon çetlari milliy ornament bilan bezatilgan.

Qalqon ortida – tiği pastga qaratilgan va diagonal tarzda kesişgan ikki şamşir – kuç va himoyaning qadimiy ramzi joylaşgan. Şamşirlarning dastasi Özbekiston Respublikasi içki işlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari – qonuniylik, yagonalik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etiş hamda hurmat qiliş, oçiqlik va şaffoflikni ifodalovçi törtta hoşiyadan iborat.

Qalqon hoşiyasi grafit kulrang, şamşirlar kumuşrangda.

Qalqon va şamşirlar ortida tilla rangda işlangan, qanotlari yoyilgan, omad va baxt ramzi bölgan Xumo quşi tasvirlangan. Bunday joylaşuv mamlakatda tinçlik va osoyiştalik himoyalanganligini, içki işlar organlari xalq manfaatlariga xizmat qilişini ifodalaydi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. YPX inspektorining qizi haqida hazil video

    01 daqiqa

Yana oʻqing