Özbekistonda Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi qabul qilindi

Matn30-noyabr, 2021, 12:381 daqiqa0 koʻrish

Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi qabul qilindi

Prezidentning “Özbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlaş va uni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni imzolandi.

Umuman olganda mustaqillikdan söng ilk bora jamoat xavfsizligi sohasida yagona konsepsiya va strategiya qabul qilinmoqda hamda uşbu sohadagi işlar tizimlaştirilmoqda.

Farmonga köra, Içki işlar vazirligi tuzilmasida Jamoat xavfsizligi departamenti taşkil etildi. Şuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:

➖ Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi;

➖ 2022-2025-yillarda jamoat xavfsizligini taʼminlaş tizimini rivojlantiriş strategiyasi;

➖ Strategiyani 2022-yilda amalga oşiriş böyiça “yöl xaritasi”.

🔴 Hududlar markazi va Toşkent şahrida ommaviy tadbirlarni ötkaziş hamda istirohat boğlari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlaşni taşkil etiş bevosita Milliy gvardiya bölinmalari tomonidan amalga oşiriladi;

🟢 2022-2023-yillarda tuman içki işlar organlari tarkibidagi konvoy bölinmalari bosqiçma-bosqiç viloyat IIOning bevosita böysunuviga ötkazilib, yagona boşqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat ötaş tamoyiliga muvofiq qayta taşkil etiladi;

⌚️2022-yil 1-mayga qadar byudjetdan taşqari mablağlar hisobidan konvoy ostidagi şaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qiliş tizimi joriy etiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek