Karantin davrida köçaga pasport bilan çiqiş şartmi
SAVOL: Karantin davrida nonga, bozorga, oziq-ovqat olişga köçaga çiqyapmiz. Şunda içki işlar organlari xodimlari bir neça marotaba pasportimni söraşdi, men pasport olib yurişim şartmi?
Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov uşbu savolga javob berdi:
JAVOB: Içki işlar organlariga boşqa idoralar bilan hamkorlikda fuqarolarning karantin qoidalariga rioya etişlarini nazorat qiliş, tartib buzganlarga nisbatan keskin çora köriş vazifasi yuklatilgan.
Agar Siz karantin davrida köçaga çiqsangiz, bilingki, har bir içki işlar organi yoki Milliy gvardiya xodimi Sizni töxtatib, köçaga çiqiş maqsadingizni söraydilar. Bunda albatta şaxsingizga aniqlik kiritiş zarur. Agar yoningizda şaxsingizni tasdiqlovçi hujjat bölmasa, Sizni içki işlar organiga olib borib, şaxsingizni aniqlaştirişga zarurat tuğilişi mumkin.
Şuning uçun, hayotiy zarurat tuğilganida köçaga çiqsangiz pasportingiz yoningizda bölişi şart!
Agar Siz işga ketayotgan bölsangiz, qöşimça, işxona guvohnomasi va Siz işga jalb etilganingiz haqidagi rahbar tasdiqlagan maʼlumotnoma qölingizda bölişi şart.
👉 @xushnudbek 👈

