Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Karantin qoidalari va jarima maydonçasi muammosi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Qonunlar amaldorlarning harakatiga qarab yoziladigan jamiyat haqida

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyevning maʼlumot berişiça, Içki işlar vazirligi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiriş kiritiş haqida taklif kiritibdi. Taklifda epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buzib harakatlanayotgan transport vositalarini vaqtinça uşlab turiş maqsadida jarima maydoniga joylaştiriş tartibini joriy etiş ilgari surilayotgan ekan.

Bu nima degani?

Bu şuni anglatadiki, bugungi qonunçilik böyiça karantin qoidalarini buzganligi uçun transport vositalarini jarima maydonçasiga qöyiş mumkin emas. Bu yangi tartibni endi qonunçilikka kiritişmoqçi.

Amaliyot

Ammo yurtimizda karantin çeklovlari joriy etilgan muddat davomida 26 mingdan ortiq avtomobillar karantin qoidalarini buzganligi uçun jarima maydonlariga olib kirilgan. Tasavvur qilyapsizmi, 26 mingdan oşiq!

Xulosa

Agar hali bunaqa qonun yöq bölsa, unda demak, şu kunga qadar jarima maydonçasiga joylangan 26 mingta avtomobil qonunlarga xilof tarzda jarima maydonçasiga joylangan va fuqarolarga milliardlab zarar yetgan. Ular heç bir qonuniy asossiz jarima maydonçalari uçun tölov qilişga majbur bölgan, maşinasiz qolib, rözğorini boqa olmagan va boşqa maʼnaviy-moddiy jabr çekişgan.

❓Bu narsa kimnidir öylantiradimi? Bundan kimdir uyaladimi? Buni kimdir nazoratga oladimi? Buning uçun kimdir xalqdan uzr söraydimi? Bunaqa noqonuniy qaror qabul qilingani uçun kimdir javob beradimi?

Yoki heç narsa bölmaganday, kelgan joyidan davom etib ketilaveradimi? «Xalqning xotirasi qisqa, hammasini unutadi» prinsipimi?

Sudning qarori

Balki orangizda «Özingça nimalar deb valdirayapsan, biror qonuniy asosi bölmasa 26 mingta bunaqa qaror qabul qilişmasa kerak, özing qonunni notöğri talqin qilayotgandirsan» degan fikrda bölayotganlar bordir. Mantiqan töğri fikr.

Bunga javobim esa quyidagiça: Mirobod tuman maʼmuriy sudining raisi şunga doir işni körib çiqib, fuqaroning maşinasi jarima maydonçasiga qonunga xilof tarzda qöyilgan deb topgan edi. Sudning qarorida mana bunday gaplar bor:

«IIB YHXB inspektori Ş.Ataxatjayev va Mirobod tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati inspektori D.Aymatovlar tomonidan ötkazilgan tadbirda, M.V boşqaruvidagi transport vositasida yuqoridagi qonun talablariga zid ravişda jarima maydonçasiga qöyilişi, transport vositasi 7-maydan 27-maygaça – 20 kun mobaynida jarima maydonçasida saqlanişi, şuningdek u avtomaşinasini jarima maydonidan olib çiqiş uçun ortiqça sarf-xarajat qilgani, sarson-sargardon bölgani oqibatida, uning huquq va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlari qöpol ravişda buzilgan».

Sud fuqaroning foydasiga qaror çiqargan.

Mening gapim balki kimlar uçundir bir tiyinlik ahamiyatga ega emasdir, ammo sud qarori barça uçun majburiy, buni tan olmaslikning iloji yöq. Xulosa özingizdan.

P.S.: rivojlangan jamiyatlarda avval qonunlar çiqariladi, keyin amaliyot unga moslaştiriladi. Ammo avval fuqarolarning huquqlarini buzadigan qonunga xilof amaliyotni joriy qilib, keyinçalik uni qonunçilikka kiritadigan jamiyatda nimadir notöğri ketyapti, bunisi aniq. Balki jamiyatning rivojlanib ketmayotganining köplab sabablaridan biri ham şudir, kim bilsin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek