Namanganda koronavirus bilan boğliq vaziyat oğirlaşmoqda

Matn13-aprel, 2020, 09:491 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning murojaatida qayd etilişiça, oxirgi uç kun içida mazkur infeksiyani yuqtirgan, manbasi aniq bölmagan oltita holat aniqlandi. Uşbu fuqarolar bu kasallikni qaçon va kimdan yuqtirib olganini bilişmaydi. Ayrim fuqarolar uylarida isitmalab, buni oddiy şamollaş deb öylab, özlarini uy şaroitida davolaşga urinmoqda.

Oxirgi uç-tört kun içida törtta holat aniqlangan, ularning uçtasi Namangan şahrida, bittasi Uçqörğon tumanida yuz bergan. Ular bir neça kunlab, ön kunlab uylarida isitmalab yotişlari, öz vaqtida şifokorlarga murojaat etmaganliklari bugun uşbu kasallikning yuqiş xavfini oşirib yubormoqda. Mazkur 4 nafar fuqaroning ikki nafari oğir ahvolda, ertalab sunʼiy nafas oldiradigan apparatlarga ulangan.

Viloyat hokimining qayd etişiça, agar ular öz vaqtida şifokorlarga murojaat qilganlarida, öz vaqtida aniq diagnoz qöyilardi, yaqin qarindoşlariga yuqtirilmas edi. Bugun ularning har biri orqasidan 200 tadan mingtagaça odamni karantinga olişga hojat bölmas edi.

“Koronavirus yuqtirganlar oramizda yuribdi, ular kimlar, soni qança, afsuski, biz bilmaymiz”, dedi viloyat hokimi.

Eslatib ötamiz, 2020-yil 13-aprel soat 06:00-dan boşlab Namangan şahri va Uçqörğon tumani, şu jumladan, “Qayqi” qişloği hududida barça turdagi şaxsiy va xizmat avtotransport vositalari, mototransport (skuter), velosiped hamda fuqarolarning harakatlanişi butunlay töxtatiladi. https://t.me/namvilhok/8921

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek